Kapitalist menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari, xo’jayin
funktsiyasini bajaruvchi, lekin mulkni yo’qotish xatariga ega bo’lmagan iqtisodiy
agent qarama-qarshi turadi.
Korxona va tashkilotlar uyushmasi (assotsiatsiyasi) mulki – ma’lum
maqsad yo’lida uyushma tashkil etganlarning umumiy mulki.
Korxona jamoasining mulki – ishchi va xizmatchilar jamoasi davlatdan yoki
xususiy
mulk
sohibidan
sotib
olgan
va
umumiylashtirib,
birgalikda
o’zlashtiriladigan mulk. Bu yerda mulk ikkiga ajralmaydi, hamma mol-mulk va pul
mablag’lari korxona jamoasi ixtiyorida turadi.
Mahalla mulki – mahalla ahlidan iborat jamoa doirasida unga qarashli
boylikning hamjihatlik bilan o’zlashtirishdir.
Mulk –xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ne’matlarni o’zlashtirish
borasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabat shakli yoki institutsionallashgan
raqobatli munosabatlar.
Mulk huquqining spetsifikatsiyasi –ayrim «vakolatlar»ning ushbu
«vakolatlar»ning ularni yuqori baholaydigan va ulardan foydalanish orqali ko’proq
foyda ola biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sotib olishlari uchun qulay sharoit
yaratish maqsadida bir yoki bir necha iqtisodiy sub’ektlarga biriktirilishi.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol
qilinishi.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib
turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkni tadqiq etishning ilmiy paradigmasi – tegishli asosiy tadqiqot
printsiplari va metodlari tizimi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.