Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Implitsit - ya’ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasidan kelib chiqqan  shartnoma.  Shartnomaviy davlat



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Implitsit
- ya’ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasidan kelib chiqqan 
shartnoma. 
Shartnomaviy davlat
– bu faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan 
huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan 
foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki 
o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan burch sifatida qaraydi. 
Chayqovchilik – 
turli tovarlarni arzon sotib olib, ularga texnologik ishlov
bermasdan qimmat sotish bilan daromad topishni ko’zlaydigan faoliyat turi.
 
 Shartnoma munosabatlari – 
tovar ishlab chiqaruvchilar bo’lmish
korxonalar o’rtasida bitimga binoan amalga oshadigan iqtisodiy aloqalar. 
Shartnoma narxlari – 
tovarlarni ishlab chiqaruvchi bilan uni iste’mol
etuvchi o’rtasidagi bitimga binoan xar ikkala tomonning roziligiga qarab
belgilangan narx. 
Shartnomaviy narx – 
bu shartnoma asosida sotuvchi va sotib oluvchi 
maxsulot ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi yoki o’rtada turuvchi o’rtasidagi 
o’rnatilgan narxdir. 
Aylanma fondlar – 
korxona ishlab chiqarish fondining bir qismini tashkil 
qiladi. U bir ishlab chiqarish davrida ishlatiladi va o’z qiymatini ishlab
chiqariladigan maxsulotga to’laligicha o’tkazadi. Muomila fondlari tayyor
maxsulotni iste’molchilarga yuborilgani, lekin to’lanmagani, bank va kassa
hisobidagi pul mablag’ini o’z ichiga oladi. 
Aktivlarning likvidligi – 
bu moddiy boyliklarni sotib naqd pulga 
aylantirishdagi yengillikdir. Korxonaning ba’zi bir aktivlari o’zaro shunday


67 
bog’langan bo’lishlari mumkinki, bittasini yuqotish boshqasini samarali 
ishlatilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Aktivlarni moliyalashtirish siyosati 
– korxonaning alohida turidagi 
aktivlarini o’z mablag’lari, uzoq va qisqa muddatli qarzga olingan mablag’lar 
hisobidan moliyalashtirishga bo’lgan printsipial yondashuv. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin