Implitsit - ya’ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasidan kelib chiqqan
shartnoma.
Shartnomaviy davlat – bu faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan
huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan
foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki
o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan burch sifatida qaraydi.
Chayqovchilik – turli tovarlarni arzon sotib olib, ularga texnologik ishlov
bermasdan qimmat sotish bilan daromad topishni ko’zlaydigan faoliyat turi.
Shartnoma munosabatlari – tovar ishlab chiqaruvchilar bo’lmish
korxonalar o’rtasida bitimga binoan amalga oshadigan iqtisodiy aloqalar.
Shartnoma narxlari – tovarlarni ishlab chiqaruvchi bilan uni iste’mol
etuvchi o’rtasidagi bitimga binoan xar ikkala tomonning roziligiga qarab
belgilangan narx.
Shartnomaviy narx – bu shartnoma asosida sotuvchi va sotib oluvchi
maxsulot ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi yoki o’rtada turuvchi o’rtasidagi
o’rnatilgan narxdir.
Aylanma fondlar – korxona ishlab chiqarish fondining bir qismini tashkil
qiladi. U bir ishlab chiqarish davrida ishlatiladi va o’z qiymatini ishlab
chiqariladigan maxsulotga to’laligicha o’tkazadi. Muomila fondlari tayyor
maxsulotni iste’molchilarga yuborilgani, lekin to’lanmagani, bank va kassa
hisobidagi pul mablag’ini o’z ichiga oladi.
Aktivlarning likvidligi – bu moddiy boyliklarni sotib naqd pulga
aylantirishdagi yengillikdir. Korxonaning ba’zi bir aktivlari o’zaro shunday
67
bog’langan bo’lishlari mumkinki, bittasini yuqotish boshqasini samarali
ishlatilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Aktivlarni moliyalashtirish siyosati – korxonaning alohida turidagi
aktivlarini o’z mablag’lari, uzoq va qisqa muddatli qarzga olingan mablag’lar
hisobidan moliyalashtirishga bo’lgan printsipial yondashuv.