Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Javob: v), g) va d) 
shartnomalar rasmiy va norasmiy normalarga javob 
beradi.
 
4–misol.
Kasaba uyushmasining faoliyati
quyidagi kelishuvlar qismlarini 
o’z ichiga oladi: fuqarolik, bozor, industrial va an’anaviy. Ushbu holatda 
kelishuvlarning qanaqa varianti haqida gap borayapti? 
a) murosa, 
b) dahl, 
v) ekspansiya. 
Javob: a), 
gap murosa haqida borayapti. CHunki to’rtta kelishuv normalari 
zid emas, balki qaysidir ma’noda bir-birini to’ldiradi. Masalan, ish haqini oshirish 
talabi (bozor kelishuvi) muayyan tarmoq yoki korxona xodimlarining jamoaviy 
harakatlari (ish tashlash, jamoaviy shartnomani imzolash uchun kurashish) orqali 
amalga oshiriladi (industrial kelishuv yollanma xodimlarni kasbiy toifalarga 
bo’lishning asosida yotadi). Kurashish an’analari esa (masalan, ishchilarning 


70 
an’anaviy bahorgi va kuzgi chiqishlari) tashkilot nufuzining o’sishiga (oxirigacha 
kurashishga tayyorlik) ko’maklashadi, bu ish beruvchilar tomonidan ish haqining 
oshirilishi to’g’risidagi talablarning qondirilishi imkoniyatlarini oshiradi. 
KEYSLAR 
Keys 1. “Nikoh shartnomasi” nima 
“Qanday qilib oila qurishga ulgurmasdan turib, ajrashish, pulni bo’lish 
to’g’risida o’ylash mumkin?”, - deya jazavaga tushdi butun umr qonuniy nikohda 
yashagan bir ayol. “Mumkin, hatto kerak ham! Agar bu o’zini noxo’shliklardan 
himoya qilishning, balki oilani mustahkamlashning yagona usuli bo’lsa”, — deb 
hisoblaydi
ko’plab yigitlar. Chet elda nikoh shartnomasi allaqachon 
tsivilizatsiyalashgan munosabatlarni ta’minlovchi
 
normaga aylangan. 
Nikoh shartnomasi — bu bo’lajak er-xotin o’rtasidagi, birinchi galda, oilaviy 
hayotning mulkiy tomonlari haqidagi yozma kelishuv. Mazkur hujjat notariusda 
tasdiqlanib, kelin-kuyovning har biri bittadan nusxasiga ega bo’ladi, asl nusxa esa 
huquqshunosda qoladi. Vaqt o’tishi bilan nikoh shartnomasining shartlarini 
o’zgartirish mumkin, bunda shartnomaning yangi matni o’sha notarial idorada 
tasdiqlanadi. Kelishuvni nikoh to’yidan oldin ham, undan keyin ham 
rasmiylashtirish mumkin. Birinchi holatda, u nikoh tuzilganidan keyin, ikkinchi 
holatda esa notariusda tasdiqlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Ushbu hujjat
oilada asosan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin unga siz istalgan 
bandlarni kiritishingiz mumkin.
Mazkur hujjat yordamida er-xotin birgalikdagi mulkning qonun bilan 
belgilangan rejimini o’zgartirishga haqli. Masalan, qonunga ko’ra, ajrashish holatida 
birgalikda qo’lga kiritilgan barcha mol-mulk teng ikkiga bo’linadi, shuningdek, sud 
er-xotinning shaxsiy buyumlarini qanday bo’lish masalasini ham hal etadi. Siz mol-
mulkka egalik qilishning istalgan shaklini tanlashingiz mumkin: birgalikda 
(umumiy), ulushli (hammada o’z ulushi) yoki alohida (ya’ni shaxsiy). Har biringizda 
shaxsiy mulkka ega bo’lish huquqi mavjudligi tufayli siz nikohgacha o’zingizga 
tegishli bo’lgan, shuningdek, sovg’alar yoki merosni ana shunday mulk deb 
atashingiz mumkin. Nikoh shartnomasida siz bir-biringizni, bolalarni va keksa ota-


71 
onalarni boqish yuzasidan o’z huquq va majburiyatlaringizni, bir-biringizning 
daromadlaringizda ishtirok etish usullari va chegarasini, har biringiz umumiy 
g’aznaga qo’shadigan pul miqdorini belgilab olishingiz, shuningdek, mulkiy 
munosabatlarga taalluqli istalgan boshqa holatlarni kiritishingiz mumkin. 
Nima bo’lmasin, «Nikoh shartnomasini rasmiylashtirish joizmi?» degan 
savolga huquqshunoslar tasdiqlovchi javobni berishadi. 
Birinchidan, 
ajrashgandan 
keyin bor-budidan ayriib qolish xatari kamayadi, 
ikkinchidan, 
siz shaxsiy mol-
mulkni o’zingizga biriktirasiz, 
uchinchidan, 
nikoh shartnomasi hamma vaqt tashkil 
etuvchi va to’sqinlik qiluvchi omil 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin