Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

hisoblanadi.
Masalan, er ajrashish holatida 
muayyan moddiy xarajatlarga duch kelishini bilgan holda oiladan ketish-ketmasligi 
to’g’risida yana bir bor o’ylab ko’radi. 
2. Nikoh shartnomasini tuzishning asosiy tamoyili: bunday shartnoma imkon 
qadar «rezinali» bo’lishi, ushbu shartnomaga boshqa qaytmaslik uchun ehtimoliy 
fors-major holatlari vaziyati rivojlanishining imkon qadar ko’proq sonini 
hisobga 
olishi lozim.
Chunki nikoh shartnomasini deyarli har kuni o’zgartirishga bo’lgan 
qiziqish tez orada er-xotinning bir-birini tovlashiga aylanishi mumkin: agar menga 
quloq solmasang – shartnomani shunday o’zgartiramanki, ajrashish holatida senga 
hech narsa tegmaydi. Shuning uchun shu haqida kelishib olish lozimki, shartnomani, 
albatta, o’zgartirish mumkin, lekin yetarli sabablarga ko’ra va er-xotinning ixtiyoriy 
ravishda ifodalangan istagi mavjud bo’lgan hollarda. Nikoh shartnomasini 
tasdiqlovchi notarius ham (bunday shartnoma notarius tomonidan tasdiqlanishi 
shart) mazkur shartnomaning er-xotinning roziligi bilan tuzilganligiga ishonch hosil 
qilishi kerak. Hozirgi shartnomalarda an’anaga ko’ra oxirida shunday ibora yoziladi: 
«Ushbu shartnoma yuzasidan barcha tortishuvlar va kelishmovchiliklarni taraflar 
o’zaro muzokaralar yo’li bilan hal etadi. Agar kelishuvga erishilmasa, tortishuv 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi». Ana shunday satrni nikoh 
shartnomasiga ham kiritish ortiqchalik qilmaydi. 
Savollar: 
Nikoh shartnomasida shartnomaviy munosabatlarning asosiy tamoyillariga 
amal qilinadimi



72 
Nikoh shartnomasining quyidagi tarkibiy qismlarini ajrating- shartnoma 
predmeti, nizolarni hal etish qoidalari va tartibotlari, ishtirokchilarning kutilayotgan 
xatti-harakati. 
Nikoh shartnomasini shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin - klassik, 
neoklassik, yoki munosabat? O’z javobingizni asoslang. 
Agar rasmiy nikoh qurgan yoki fuqarolik nikohida yashovchi er-xotin nikoh 
shartnomasini 
tuzmagan 
bo’lsa, ular o’rtasidagi norasmiy kelishuvni 
shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin? 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin