82
Aktsioner jamiyat –
turli korxona, tashkilot, bank, kompaniya va
ayrim shaxslar pul mablag’larini sherikchilik asosida va sohibkorlik
maqsadida birlashtiradigan jamiyat.
Auditor firma –
korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo’jalik
faoliyatini tekshirib beruvchi, ular ishining iqtisodiy ekspertizasini
o’tkazuvchi firma.
Kartel
– monopolistik birlashma shakli, kartel bitimlari ko’proq yirik
trest va kontsernlar o’rtasida tuziladi.
Konsalting –
bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish soxasida
ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslaxat xizmati ko’rsatish va
texnikaviy loyixalarni ekspertizi qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsortsium -
firmalar yoki firmalar bilan hukumat o’rtasida muayyan
amaliy, juda keng qo’llamdagi iqtisodiy loyixalarni amalga oshirish
maqsadida shartnoma asosida tuzilgan vaqtinchalik birlashma.
Dostları ilə paylaş: