Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

 
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 

 
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va 
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.

 
Esda tuting!
 
Davlat 
– bu chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan 
belgilangan jug’rofiy hududga joylashgan, hukmini amalga oshirishda qiyosiy 
ustunlikka ega bo’lgan tashkilot. 
Byurokratik renta
– bu o’zining lavozim mavqeidan noqonuniy tarzda 
daromad olish uchun foydalanuvchi davlat amaldori tomonidan olingan daromad 
(masalan, pora, sovg’alar va h.k.). 
Byurokratiyaning iqtisodiy nazariyasi
– bu ijtimoiy tanlov nazariyasining 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, u qimmatbaho ne’matlarni ishlab chiqarmaydigan va 
daromadlari o’z faoliyatining natijalarini sotish bilan bog’liq bo’lmagan 
tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishini o’rganadi. 
Davlat buyurtmasi – 
davlat tomonidan muayyan maxsulot turini
tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazib berish, ishlab-chiqarish va
ilmiy tadqiqot xarakteridagi ma’lum ishni bajarish bo’yicha korxona va
xo’jaliklarga beriladigan topshiriq. 


94 
Davlat budjeti – 
davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan
ifodalanadigan yillik majmui. 
Davlat zayomlari – 
davlat budjetiga mablag’ to’plashda kredit sifatida
maydonga chiqadigan kredit-moliya faoliyatining bir ko’rinishi. 
Davlat mulki – 
jamiyatdagi mulkchilikning shakllaridan biri, davlat mol-
mulkidan kelgan daromad budjetga tushadi. 
Davlat qarzi – 
davlatning o’z fuqarolari, banklar, korxona va
tashkilotlar, shuningdek xorij mamlakatlaridan qarzi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin