Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


–misol. Soliq yuki asosan yuridik shaxslarning yelkasiga tushishi qaysi



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

2–misol. Soliq yuki asosan yuridik shaxslarning yelkasiga tushishi qaysi 
model uchun xos:
a) davlatning shartnomaviy modeli; 
b) davlatning ekspluatatorlik modeli. 
Javob: b),
soliqlarning bevosita jismoniy shaxslar tomonidan to’lanishi o’z 
fuqarolarining farovonligini oshirishga yo’naltirilgan shartnomaviy davlat g’oyasiga 
yaqin. Fuqarolar davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar haqini to’g’ridan-
to’g’ri to’lashadi. Aksincha, birinchi galda yuridik shaxslarga soliq solish fuqarolar 
bilan davlatning shartnomaviy munosabatlarida vositachini hosil qiladi.
3–misol. Davlat subinstitutlari sonining oshishi quyidagilarga olib keladi:
a) davlat chegaralarining kengayishiga; 
b) davlat chegaralarining qisqarishiga; 
v) davlatning chegaralariga ta’sir ko’rsatmaydi. 
Javob: b),
masalan, xalqaro miqyosda ishchi kuchining erkin harakatlanishi 
oqibatida davlatning yaqin subinstitutlari sonining oshishi davlat o’z funktsiyalarini 
bajarish uchun tasarruf etadigan aktivlar o’ziga xosligining pasayishini keltirib 
chiqaradi. Davlatning tasarrufidagi o’ziga xos aktivlar ichida qonunda qayd etilgan, 
kuch qo’llashdan foydalanish monopoliyasini (tovar belgisining o’xshashi), 
zamonaviy davlatlarning asosida yotuvchi hududiy yaxlitlik tamoyilini (aktivlar 
joylashgan joy bo’yicha), "ratsional byurokratlar" alohida guruhining shakllanishini 
(inson kapitalning o’ziga xosligi) ko’rsatamiz. 


97 
4–misol. 
Mamlakatning noqonuniy sektoriga nimalar kirishi va ular asosan 
soliqdan qochishga urinishlari haqida bilsangiz kerak. “San’at” firmasi san’atkorlar 
kontsert dasturlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi va ular odatda negadir kontsert 
dasturlari uchun biletlarni belgilangan narxdan 1,5-2 barobarga qimmatroqqa “qora” 
bozorda sotadi. Bu holat qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin