`
111
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib
olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy
qilish masalalarida keng ishlar amalga oshirilmoqda.
Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman
va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning
qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi
muhim qilib qo’yildi va yurtimiz rahbari tomonidan ko’plab yangiliklar va
islohotlar amalga oshirildi.
Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda,
madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari
va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi.
Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga
ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu
tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq,
taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib,
o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va
shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam
beradi. Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish
masalasiga ham katta e'tibor qaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklariga muayyan mavzular
bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor
o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli
sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv
yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi
qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan
topshiriqlar berildi va ular amalga oshirilmoqda.
Shuningdek ushbu tashabbuslarning negizida yoshlarni internetdagi zararli
xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga
o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda ushbu tashabbuslar yoshlarni yuksalishiga va yangi
marralarni zabt etishiga yanada katta yo’l va imkoniyatlar ochib beradi. Eng
muhimi yoshlarmiz bu tashabbuslarni anglagan holda, ulardan unumli
foydalanib , yurtimiz ravnaqiga o’z hissalarini qo’shishsa nur ustiga a’lo nur
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: