Bevosita qizdirish usuli haqida tushuncha Reja


Rudani ga’lvirdan o’tkazish



Yüklə 8,44 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü8,44 Kb.
#166534
1   2   3
Bevosita qizdirish usuli haqida tushuncha Reja-fayllar.org

Rudani ga’lvirdan o’tkazish. Maydalangan ruda maxsus g’alvirdan o’tkazilib, ma’lum o’lchamli bo’laklarga ajratiladi, ya’ni saralanadi. Bunda ruda keraksiz jinslardan ham ma’lum darajada tozalanadi. Bu maqsadda turli konstruktsiyadagi g’alvirdan foydalaniladi.
Rudani yuvish. Agar ruda tarkibida keraksiz jinslar ko’p bo’lsa, bunday ruda yuviladi, natijada ruda temirga boyitilgan bo’ladi.
Rudani elektromagnit yordamida boyitish. Bu usul rudaning magnitlik hossasiga asosslangan. Boyitilishi (tozalanishi) kerak bo’lgan ruda elektromagnitli separatordan o’tkaziladi. Elektromagnitli separatorning sxemasi 18-rasmda tasvirlangan.
Sxemada ko’rinib turibdiki, ikkita shkivga uzluksiz lenta o’tkazilgan, shkivlardan birining ichiga esa elektromagnitning o’rnatilgan,maydalangan ruda elektromagnitning ta’sir zonasiga kelganda rudaning temirli qismi lentaga tortiladi, bekorchi jinslar esa inertsiya kuchi ta’sirida uzoqroqqa borib tushadi. Lentaga tortilgan ruda elektromagnitning ta’sir zonasidan chiqqach, maxsus yashikka to’qiladi. Boyitishning bu usuli ruda tarkibidagi temir miqdorini, 5 % dan 15 % gacha oshirish imkonini beradi.
Rudani qizdirish. Rudalarni kristallizatsiya suvidan, qisman oltingugurtdan va boshqa uchuvchan moddalardan tozalash uchun ular ma’lum temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish temperaturasi rudaning turiga bog’liq bo’ladi. Rudani qizdirish uchun har xil konstruktsiyadagi pechlardan foydalaniladi. Ruda qizdirilganda uning g’ovakligi ortadi, bunday rudadan esa metall oson qaytariladi.
Rudani aglomeratlash. Kondan qazib olingan ruda ba’zan mayda bo’ladi, uni tashish va boyitishda u yanada maydalanaladi, bunday rudadan esa domna pechida suyuqlantirib chuyan olish juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun mayda rudalar maxsus mashinalarga yiriqroq bo’laklarga aylantiriladi ( aglomeratlanadi ). Xozirgi zamon domna pechlari faqat flyuslangan aglomerat bilan ishlaydi, natijada pechlarning unumi 20 % gacha oshadi, koks sarfi esa 10-15 % kamayadi.
Flyuslangan aglomerat hosil qilish uchun mayda ruda, flyus va boshqa materiallar saralanadi va maydalanadi, ruda ximiyaviy tarkibi jixatidan o’rtalanadi (tarkibidagi temir miqdori baravarlashtiriladi) va boyitiladi. Shundan keyin, aralashma qattiq qizdiriladi, natajada g’ovak massali aglomerat hosil bo’ladi. Agromeratlash mashinalarining ish unumi so’tkasiga 2000 t ga yetadi. Domna pechlarida chuyan ishlab chiqarishda ruda bilan bir qatorda, yoqilg’i va flyus ham zarur bo’ladi.
Adabiyotlar:


1. Ключников. А.Д. “Bысокотемпературные теплотехнологические процессы и устоновки” М.,1986 г.
2. Cтолпнер Е.Б. Пособие для персонала газифицированных котельных
Л: «Недра», 1995. – 303с.
http://fayllar.org
Yüklə 8,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin