Biaologiyani o'qitishda ta'lim tarbiyani uzviyligi Reja


Estetik tarbiyaning vazifasi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə2/2
tarix07.11.2022
ölçüsü54,5 Kb.
#67780
1   2
Biaologiyani o\'qitishda ta\'lim tarbiyani uzviyligi

Estetik tarbiyaning vazifasi:
1. O`quvchilarni go`zallikni ko`rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan farq qilishga o`rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog`lash;
2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o`z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda go`zallikni o`rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush madaniyati bilan bog`lash;
3. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani ma`naviyahloqiy qarashlar bilan uyg`unlashtirishga o`rgatishdan iborat.
Biologiyani o`qitishda estetik tarbiya serqirrali bo`lib, uni dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy tarbiya.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi, ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi, O`quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya o`quv fanlarida o`simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan o`zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, xam sifat jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O`qituvchi o`rganilayotgan mavzu mazmuniga bog`liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur.
Iqtisodiy tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va xalq xo`jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan o`rniga oid ma`lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning ajralmas qismi bo`lib, o`quvchilarning ma`navi axloqiy, aqliy, estetik jihatdan uyg`un rivojlanishini ta`minlaydi. Jismoniy tarbiya o`quvchilarning aqliy va ma`navi axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan natijalar, jumladan, o`z salomatligini asrash va mustahkamlash, hattiharakatlarning gigiyenik me`yorlari, harakat ko`nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani o`qitish metodikasida inson organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda o`rganish orqali amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning muxim yo`nalishi gigiyenik ko`nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish, hayotda gigiyenik me`yorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug`ullanishga yo`naltirishdan iborat. Sport bilan shug`ullangan o`quvchilarda iroda va salomatlik mustaxkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi ko`rsatib o`tiladi. Gigiyenik ta`lim tarbiya o`quvchilarning sog`liklarini saqlash va mustahkamlash shars`haroitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga asoslanadi. Biologiyani o`qitishda gagiyenik tarbiya asosiy o`rinni egallaydi va mavzu mazmuniga bog`liq holda amalga oshiriladi.

Masalan, botanikani o`rganipdda o`simliklarning inson salomatligiga ko`rsatadigan ijobiy ta`siri, ularniig atrofmuhitning mussafoligini saqlashdagi roli yoritiladi. Bakteriyalar bo`limi o`rganilganda, bakteriyalarning xilmaxilligi, xayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o`rganish bilan bir qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqaridadigan kasalliklar, mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik choratadbirlari xaqida ma`lumot beriladi.


Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi muhim rolь o`ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta`lim tizimi oldiga qo`yilgan muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, o`quvchilarning kiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yo`llash, ularda mehnat va o`quv mehnati ko`nikmalarini shakllantirishga e`tibor qaratish zarurligi ko`rsatilgan. Mehnat tarbiyasi o`qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog`liqligi prinsipini amalga oshirish, o`quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o`quvchilar o`rtasida o`zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi.
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni kasbga yo`llash, mehnat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradigan bilim va ko`nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Qishloq xo`jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati faoliyatining ilmiy nazariy asoslari;
2. Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o`simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni ta`minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish;
3.Biologik. qonuniyatlar va umumiy ko`nikmalardan amaliy faoliyat va turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish. O`quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xo`jaligi mehnati ko`nikmalari muhim ahamiyatga ega.

Ular jumlasiga tuproqqa ishlov berish, o`g`itlash, o`simliklarni sug`orish, urug`ni ekishga tayyorlash, ekish, o`simliklarni parvarish qilish, hosilni yig`ish va saqlash, shuningdek, qishloq xo`jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. Baynalminal tarbiya. Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi.


«Millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo`lib xizmat qiladi. Bu g`oya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikning ma`naviy asosidir». «Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o`zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.. U halqimizga xos bo`lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi».
Baynalminal tarbiya o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya fanining rivojiga hissa qo`shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag`ishlangan kechalar tashkil etish va o`tkazish tavsiya etiladi
1. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish o`quvchilar tomonidan fan asoslarini chuqur o`rganishi bilan uzviy bog`langan. Ilmiy dunyoqarash barcha ta`lim tarbiyaviy jarayonning asosi.
2. Mehnat tarbiyasi o`quvchilarni ta`lim va kasbga yo`naltirish bilan uzviy bog`langan. O`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiynazariy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi.
Adabiyotlar:

1. Tolipova. J, A.T. G`ofurov. Biologiya o`qitish metodikasi. Toshkent. Bilim.2004.


2. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o`qitishning umumiy metodikasi. Tosh. O`qit. 1983.
3. J.G`. Yo`ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O`qit. 2004.
4. Tolipova J, G`ofurov , Biologiya ta`limi texnologiyalari.
5. N.N.Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh. 2006.
Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin