Bibliografiya lat p65


Ilmiy yordamchi o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə79/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135
bibliografiya

Ilmiy yordamchi o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar


O‘lkaga oid adabiyotlarning universal kundalik ko‘rsatkichlari aniq, to‘la tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Bibliografik yozuvlarda amaldagi tavsif qoidalariga rioya qilinishi shart, qisqa, ammo to‘la mazmunli annotatsiyalar beriladi, ma’lumot-bib- liografiya apparatlaridan so‘zboshi, mundarija, yordamchi ko‘rsatkichlardan ismlar, geografik nomlar, kalitli so‘zlar, predmet rubrikalari asosida predmet va bibliografik qo‘llanmaning xusu- siyatidan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rsatkichlardan foyda- lanish zarur. Bu qo‘llanmalar haftalik, choraklik, doimiy bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning respublika haqidagi ilmiy yordamchi biblio- grafiyalari 1945- yildan keyin rivojlandi. Umumiy va tarmoqqa oid kundalik, unversal, tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, kitob ichi va maqola ichi bibliografiyalari nashr etila boshlandi. Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi 1958- yildan rus tilida



„Óçáåkèñòaí“ nomi bilan yilnoma nashr etadi. 1961- yildan esa bir vaqtning o‘zida o‘zbek tilida ham chiqa boshladi. Unda respub- lika haqidagi Vatanimizda va boshqa mamlakatlarda chiqayotgan barcha turdagi hujjatlar sobiq Butunittifoq Kitob palatasi jadvali asosida tartibga solindi, alohida bo‘limlar va bo‘limchalar respublikaning tabiiy sharoiti, ijtimoiy, tarixiy, iqtisodiy hayoti hisobga olingan. Unda ma’lumot apparati berilgan, 1968- yildan Kitob palatasi solnomalarida respublika haqidagi hujjatlar berilayotganligi sababli ko‘rsatkichning chiqishi to‘xtatildi. 1953- yildan respublika ilmiy qishloq xo‘jalik kutubxonasi „Sug‘o- riladigan yerlarda paxtachilik“ nomi bilan kundalik ilmiy-yordamchi tarmoq ko‘rsatkichini chiqaradi. U bir yilda 2 marta chiqarildi va har yili 2500 — 3000 adabiyot haqida ma’lumot berib bordi.

Ko‘rsatkichga ilmiy kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar, ilmiy ishlar haqidagi xabarlar kiritilgan. Unda paxtachilik va unga bog‘liq gidrologiya, meteorologiya, iqlim, injenerlik geologiyasi, tuproqshunoslikka oid adabiyotlar ham kiritildi.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin