Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə2/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
bibliografiya

Mas’ul muharrir: M. M. ZUFAROVA — Y. Rajabiy nomli TTT kolleji direktori;
Òaqrizchilar: M. M. ÒUROPOV pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;

V. Ò. SOBIROVA — „Òuron“ nomidagi Òoshkent viloyat Axborot kutubxona markazi direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

ISBN 978-9943-22-160-4 © „O‘qituvchi“ NMIU, 2013,2017


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — siyosatda, iqti- sodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga sing- dirish asosiy vazifalarimizdandir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifa- larimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga bog‘liq.

Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’- molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning

„Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tad- birlar belgilash, ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intel-

lektual salohiyatini o‘stirishga e’tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiya- larining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo‘yildi.



2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011—2015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot- kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli tako- millashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi va 2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 1815 ta elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan oshiq elektron shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi belgilab berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya yordamga keladi. Bibliografiya va bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi fa- kultetlarda, madaniyat, san’at va pedagogika kollejlarining kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish nazariy masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida ma’ruza matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Òalaba o‘zini o‘zi muntazam tekshirib borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan bog‘liq holda o‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi, kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berish, o‘z vaqtida axborot berish ham shu fan yordamida o‘rganiladi. Bibliografiya predmeti o‘quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib

berish ilmi bilan qurollantiradi.

Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamo- yillarini targ‘ib etishda, Prezident I. A. Karimov asarlaridan, ko‘rsatma va farmonlaridan foydalangan holda o‘quvchilarga amaliyotda bibliografik sharhlashni, adabiyotlarning turli xil ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo‘llanmalarni tuzish metodikasini, kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qaysi

yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutub- xonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini o‘rgatadi.

Bibliografiya kursi 3 yil davomida o‘qitilib, 2 ta asosiy qismga bo‘linadi:


  1. Umumiy bibliografiya.

  2. Soha bibliografiyasi.

Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va tashkil qilinishi, uning ijtimoiy roli, turlari, bibliografiyaning obyektlari, bibliografik faoliyat turlari, uning asosiy jara- yonlari, axborot-bibliografik resurslar, bibliografiyalash meto- dikasi, O‘rta Osiyoda bibliografiya tarixi, O‘zbekistonda retro- spektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar va boshqa masalalar o‘rganiladi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma bibliografiya kursi bo‘yicha ma- daniyat kollejlari o‘quvchilari uchun, umuman, mazkur kurs bo‘yicha tayyorlangan birinchi adabiyotdir. Biz o‘quv qo‘llan- mada iloji boricha, mamlakatimiz bibliografiyasi tajribalaridan foydalanishga, uni keng va atroflicha yoritib berishga, nazariy masalalarni amaliy va tajriba mashg‘ulotlari bilan mustah- kamlashga harakat qildik.

O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuni izchil ketma-ketlikda joylashtirishga, mavzu nomidan so‘ng uning maqsadini, oxirida esa xulosalar va tekshirish uchun savol va topshiriqlarni berib bordik.

Darslikning V va VI bobini yoritishda pedagogika fanlari nomzodi, Òoshkent davlat madaniyat instituti „Bibliografiya va hujjatshunoslik“ kafedrasi dotsenti Muso Mamatovich Òuropov- ning qo‘lyozma materiallaridan foydalandik.

Bibliografiya kursini o‘rganish ta’lim jarayonida o‘rga- niladigan barcha mutaxassislik fanlari — „Kutubxonashunoslik“,

„Hujjatlar fondi va elektron katalog“, „Kutubxona menej- menti“, „Axborot-kutubxona texnologiyasi“, „Internet tizimidan foydalanish“, „Kutubxona ishini avtomatlashtirish“, „Elektron kutubxona“, „Axborot-kutubxona dizayni“, umumta’lim fanlari nutq madaniyati, pedagogika, psixologiya fanlarida o‘rganila- digan bilimlar juda kerak bo‘ladi.



Bibliografiya ishi bilimli, sabr-toqatli, sinchkov va ziyrak kishining ishi ekanligini unutmang.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin