Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, M. V. Mash- kova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Si- monlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimla- ridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov,
H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar.
Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, biblio- grafik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqa- tishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashti- rishda ishtirok etadi.
Bibliografiyaning metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maq- sadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Biblio- grafiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
M. Y. Nosirova, M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, H. Ma- matraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.
Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |