Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohi- yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi- larni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah-
sulotlardir. Òurli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida ma’lumot beradi.