Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborot- ning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot — tushunish va foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil ax- borotga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat.
Axborot — lotincha informatioso‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi.
Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy
bosma shakldagi bibliografik qo‘llanmalar va, shuningdek, elek- tron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha.