Bibliografiya lat p65


Kitobxonlar madaniyatini shakllantirish



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə132/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
bibliografiya

Kitobxonlar madaniyatini shakllantirish


Huquqiy madaniyatni shakllantirib, tarbiyalab borish har bir tarbiya va ta’lim tizimidagi xodimning vazifasi. Ko‘pgina ax- borot-kutubxona markazlarida huquqiy axborot markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar viloyat hududidagi barcha fuqarolar, tashkilot va muassasalar, bilim maskanlari bilan ish olib borish bilan birga boshqa tizimdagi kutubxonalarga shu yo‘nalishda uslubiy yordam beradilar.

Huquqiy madaniyat — bu o‘zining Konstitutsiyada belgilangan haq-huquqlarini, burchi va vazifalarini anglab yetish, to‘la- to‘kis amalga oshirish, amaliy faoliyatida va shaxsiy hayotida ana shu me’yorlardan unumli va to‘g‘ri foydalana bilish qobiliyati, san’ati va bilimining yig‘indisi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya maskanlari, jumladan, axborot-kutubxona markazlari, axborot- resurs markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat. Buning uchun huquqiy mazmundagi adabiyotlar va bilimlarni targ‘ib qilishning og‘zaki, ko‘rgazmali va kompleks usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: „Siz o‘z

huquqingizni bilasizmi?“ mavzusida kitob ko‘rgazmasi, mavzuli kartoteka, bibliografik sharh, savol-javob o‘yinlari, suhbatlar, munozara-bahs, huquqshunoslar bilan uchrashuv kechalari o‘tkazish, shu yo‘nalishdagi eng qimmatli asarlar taqdimoti, kitob kechalari va ular tarkibida psixodramatik sahnalar namo- yishi turli kitobxonlar guruhining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.



Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalarini ko‘pchilik kitobxonlar tushunib yetmaydilar.

Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur. Chunki estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik ko‘rsata oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila olmagan kishidan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha adabiyot va san’at asarlaridan, ular asosida yaratilgan audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish burchimizdir.

O‘qish madaniyati — bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish madaniyati, asosan, yosh kitobxonlar bilan ishlovchi maktab, kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota-onalar va kutubxona xodimlarining hamkorligi zarur.

Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari, shuningdek, elektron kataloglar, adabiyotlar ro‘yxati, tavsiya qo‘llanmalari, bibliografik ko‘rsatkichlar, sharhlar, yirik biblio- grafik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Har qanday ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari ularning yordamisiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, faqatgina bir kutubxonada yaratilgan elektron katalogdan emas, balki boshqa mamlakat kutubxonalarining elektron katalogidan foydalanishda bibliografik elementlarni bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar katta ahamiyatga ega. Bibliografik manbalardagi yordamchi apparatlar —ismlar, predmet, alifbo ko‘rsatkichi, mundarija, kirish so‘zi va boshqa turli ma’lumotlardan unumli foydalanish ko‘nikmasi kitobxon uchun zarur. Bunday ko‘nikmani shakl- lantirib borish ham kutubxona xodimining vazifasidir.

Axborot texnologiyalari asrida zamonaviy axborot texno- logiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi va madaniyatiga ehtiyoj katta. Har bir kutubxona, axborot markazi, o‘quv xonalari, sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday sharoitda kompyuterdan foydalanishning texnik va gigiyenik qoidalarini anglab yetish, texnika xavfsizligiga amal qilish, kompyuterni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan unumli foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil etilgan axborot texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani va madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun har bir foydalanuvchi bilan ishlash, turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka tartibda olib boriladigan ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni nazorat qilib borish, maslahatlar uyushtirish kutubxonalar tajribasiga kirib keldi.



Muloqot madaniyatini shakllantirish. Alisher Navoiy: „So‘z

aytish va so‘z tinglash odobiga alohida e’tiborni qaratish, uni ota-ona tarbiyasining nishonasidur“, deydi. Muloqot — ikki va undan ortiq kishi o‘rtasidagi suhbat. Suhbatlashish, muloqotga kirishish odobi har bir inson uchun zarur. Muloqot davomida o‘zaro fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy jarayon amalga oshadi, bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr va mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish, boyitib borish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni saqlash, o‘zaro hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Ammo uni kitob vositasida, kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlar ta’sirida amalga oshirish ko‘proq samara beradi. Hatto kitobxon oilada olmagan bilimini kutubxonadan topadi, oilada berilmagan yaxshi fazilatni boshqalar ta’sirida o‘ziga singdiradi. Bunda kutubxona xodimidan, har bir tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy namuna talab etiladi.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin