1970- yillarga kelib, formatlar soni 20 tadan oshdi. Bu formatlarning xilma-xilligi ular tarkibidagi ma’lumotlarning bir- biridan farqi va ularni almashtirishdan oldin tahrir qilish zaruratini tug‘dirdi. Formatlar orasidagi bunday nomutanosiblikka barham
berish maqsadida xalqaro MARC (UNIMARC) format ishlab chiqishga kirishildi. Mazkur format yordamida ixtiyoriy formatdagi bibliografik yozuvni qabul qilish va uzatish imkoniyatini yaratishga harakat qilinadi. Biror-bir milliy formatda u mansub bo‘lgan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi, shunga ko‘ra belgilarda, kodlarda, bibliografik yozuvning biror-bir maydon chizig‘ida aks etishida farq bo‘ladi. Formatda bibliografik yozuvlarni berish amalda qo‘llanilayotgan bibliografik ma’lumotlarni tavsiflashning qonun-qoidalariga amal qilinadi. Boshqa tomoni, an’anaviy katalogda berilayotgan ma’lumotlarga nisbatan elektron katalogda ma’lumotlar 4 — 5 baravar ko‘p beriladi. Har bir hujjat haqida eng ko‘pi bilan 800 tagacha element berilishi mumkin. Bu hujjatning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Har bir element hujjat mazmunini, mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi va shuning uchun ham muhim ahamiyatga ega. Yozuvlarni kiritishda yo‘l qo‘yilgan birgina xato avtomatik ravishda boshqa xatolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yadi. Biblio- grafik yozuvlarni kiritish uchun ba’zi tushunchalarni bilib olishga to‘g‘ri keladi.
Maydon (ïîëå) — formatning chap tomonida yozuvlarni kiritish uchun savol tariqasida berilgan jadval. Bibliograf-katalo- gizator ana shu savollarga javob berib boradi. Jadvalda maydon va maydonosti chiziqlari ko‘rsatiladi. Maydon ikki xil bo‘ladi: maydon va maydonosti maydoni yoki chizig‘i (ïîäïîëå). Maydon nomini har safar qaytarish ko‘p vaqt talab qilgani va so‘zlarni qayta- qayta yozib bormaslik uchun har bir maydonga 3 ta raqamdan iborat belgi (ìåòka) belgilangan. Ma’lumotlar turi va mazmunan bir-biriga yaqinligiga ko‘ra alohida bloklarda berish uchun guruhlashtirilgan. Masalan, „Nusxasi“ (äóáëåòíîñò) blokida tasvir boshi, sarlavhasi, unga taalluqli ma’lumotlar, nashr yili, nashriyot nomi, nashr joyi, bahosi, adadi, hajmi, chiqish sonlari haqidagi ma’lumotlar beriladi. „Asosiy bibliografik tavsif“ (îñíîâíîå ÁÎ)da boshqa mualliflar haqidagi ma’lumotlar, muharrirlar, tuzuvchilar va nashrni bajarishda ishtirok etgan boshqa shaxslar haqidagi ma’lumotlar, qayta nashr etilganligi haqidagi ma’lumotlar, ham- mualliflar haqidagi ma’lumotlar va shu tarzda yana boshqa bloklarda bibliografik ma’lumotlarni kiritish davom etadi. „Mazmuni“ (Cîäåðæaíèå) blokida kalitli so‘zlar, annotatsiya beriladi. Bu esa har qanday so‘z yordamida iste’molchilar so‘rog‘iga javob topish
va ro‘yxat tuzib berishda qo‘l keladi va juda tez bajarish uchun zamin tayyorlaydi. Respublikamiz kutubxonalarida qo‘llanilayotgan bu tizim hozirgi paytda mukammal bo‘lmasa-da, to‘la darajada elektron katalogni yaratish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |