Qomusiy lug‘atlar universal va tarmoq xarakterida bo‘ladi.
„Falsafa“ qomusiy lug‘ati, „Òarixiy atamalarning izohli lug‘ati“, 2001- yil Moskvada nashr etilgan „Ìóçûkaëüíûé ñëîâaðü“ nomli qomusiy lug‘at tarmoq lug‘atidir. Lug‘atlar — biror-bir tilga oid so‘zlar, so‘z birikmalari, tushunchalar, izohlar, belgilarning ma’lum bir tartibga keltirilgan ko‘rinishi. Ular so‘zlarning izohidan yoki tarjimalaridan iborat bo‘ ladi. Shunga ko‘ra ular ikki yoki uch tillik lug‘atlar, izohli lug‘atlar, ling- vistik, biografik, taxalluslar lug‘atlari deb ajratiladi. Òarjima (ikki yoki uch tillik) lug‘atlari kitobxonlarni til o‘rganishga, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatsa, izohli lug‘atlar tanlangan yo‘nalishda terminlarni, tushunchalarni o‘rgatadi, ularning mazmunini, tarixiy etimologiyasini ochib berishga yordam beradi. 2000- yil nashr etilgan „Kutubxonashunoslik va bibliografiya atamalarining izohli lug‘ati“ (tuzuvchilar Z. Nigmatova, Sh. M. Shamsiyev, E. G‘. Islomov) ham aynan mutaxassisligimizga oid so‘zlarning alifbo tartibidagi izohlaridan iborat. „Sotsiologiya“ lug‘ati ham faqat sotsiologiya fani sohasida qo‘llaniladigan tushunchalarning izohini bergan. „Ruscha-o‘zbekcha“, „Ing- lizcha-ruscha-o‘zbekcha“, „Ruscha-nemischa“, „O‘zbekcha-
tojikcha lug‘at“ kabilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va til o‘rganish maqsadiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |