Muso Mamatovich Òuropov — dastlabki mahalliy bibliograf olimlardan, uzoq yillar bibliografiya predmetlaridan o‘qituvchilik faoliyatini olib bordi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1940- yil Samarqand viloyatida tavallud topgan,1958- yili o‘rta maktabni tugatib, mehnat faoliyatini boshlaydi. 1966- yili Òoshkent davlat pedagogika isntitutining kutubxonachilik fakultetini bitirdi va bibliografiya kafedrasida o‘qituvchilik lavozimiga qoldirildi. 1974- yildan to shu kungacha Madaniyat institutining kutubxonachilik, keyinchalik „Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv“ fakultetida ishlab kelmoqda. 1974- yil Leningrad davlat madaniyat instituti qoshidagi ilmiy kengashda „O‘zbekiston haqida bibliografiya 1952 — 1970 yy.“ nomi bilan pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishining natijasini himoya qiladi. 1982- yildan kafedra dosenti. 70 dan ortiq bibliografiya masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari, monografiya va maqolalari nashr etilgan.
„O‘zbekistonda bibliografiya. 1870 — 1980- yy.“, „O‘zbekiston- ning kundalik ilmiy-yordamchi bibliografiyasi“, „O‘zbekistonning umumiy bibliografiyasi“ kabi o‘quv qo‘llanmalari, o‘zbekistonlik yirik bibliograflarning hayoti va ijodiga oid maqolalari talabalar uchun bibliografiya kurslarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lib qoldi.