Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə90/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   135
bibliografiya

Apiða Hoshimovna Òuropova — taniqli bibliografi 1941- yili 23- martda Òoshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1959- yili 75- sonli o‘rta maktabni tugatib, 1962- yili Òoshkent davlat pedagogika isntitutining kutubxonachilik fakultetiga o‘qishga kiradi. 1966- yili shu institut kutubxonasiga ishga qoldiriladi. 1967 — 1981- yillar O‘zbekiston Kitob palatasida katta bibliograf, bosh bibliograf, ma’lumot-bibliografiya bo‘limi mudiri vazifalarida faoliyat ko‘rsatadi. Shu yillarda barcha turdagi kundalik davlat bibliografiyalarini tuzishda va nashr etishda, katalog va kartotekalar tizimini tashkil etish va to‘ldirib borishda ishtirok etgan. „Kitob solnomasi“, „Jurnal maqolalari solnomalari“, „Notalar solnomasi“ kabi o‘sha davr talabi bilan nashr etilgan retrospektiv bibliografik ko‘rsatkichlarni tayyorlashda va nashr etishda qatnashgan. 1968— 1969- yillarda Moskva shahrida Butunittifoq kitob palatasining ilmiy seminarlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. 1981- yil mart oyidan Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat kutubxonasining milliy bibliografiya bo‘limida katta bibliograf, sho‘ba mudiri lavozimlarida ishladi. „O‘zbekiston“ kartotekasining

adabiyot, tarix, falsafa, qishloq xo‘jaligi bo‘limlari uchun muntazam ravishda bibliografik yozuvlarni yig‘ib bordi.

„O‘zbekiston Respublikasining muhim va unutilmas sanalar taqvimi“, „O‘zbek adabiyoti“ (1959 — 1970- yy.) ko‘rsatkichi,

„Adabiyotshunoslik va o‘zbek xalq ijodi, folklor“ (1959 — 1970- yy.) ko‘rsatkichlarini nashrga tayyorladi, afsuski ayrim sabablarga ko‘ra ular nashr etilmay, yozuv mashinasidan chiqqan holida saqlanmoqda. M. Muhammadjonova, S. Shermuhammedova bilan

„Al-Xorazmiy“, Z. Berdiyeva bilan „Alisher Navoiy“, S. Sher- muhamedova, S.A. Òeplova bilan „Sharof Rashidov“ kabi ko‘r- satkichlarni tuzgan va chiqargan.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin