Bibliografiya lat p65



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə92/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
bibliografiya

Aleksandr Ivanovich Kormilitsin — mashhur kutubxona- shunos, bibliograf, kitobshunos va o‘lkashunos olimlardan biri.

A. I. Kormilitsin 1915- yili 21- dekabrda Moskva viloyatida dehqon oilasida tavallud topgan. Oilaviy sharoitga ko‘ra mehnat faoliyatini juda vaqtli boshlagan. 7 yillik maktab dasturini mukammal o‘zlashtirib olgandan so‘ng, Moskva pedagogika texnikumiga o‘qishga kiradi. 1936 — 1937- yillarda boshlang‘ich maktabda geografiyadan dars beradi va institutga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘radi. 1941- yil Moskva tarix-arxiv institutini tarixchi-arxivchi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diðlom bilan tugatadi. 1947- yildan Kemerova shahar musiqa bilim yurtida tarixdan dars beradi. 1953- yil oilaviy sharoitiga ko‘ra Òoshkentga ko‘chib keladi. 19 yil Òoshkent davlat universiteti kutubxonasida bibliograf, katta bibliograf, bo‘lim mudiri vazifasida ishladi. U ÒoshDU faoliyati haqida dastlabki materiallarni to‘plash borasida ko‘pgina ishlar qildi va „ToshDU tarixiga oid materiallar“ nomli annotatsiyalangan ko‘rsatkich tuzadi, kutubxonaning ma’lu- mot-bibliografiya apparatini tuzishda ishtirok etadi. U „Gazeta- jurnal maqolalarining umumiy kartotekasini“, „O‘rta Osiyo va Qozog‘iston“ hududiy o‘lkashunoslik kartotekasini, taqrizlar, avtoreferatlar, universitet olimlari ishlarining kartotekasini tuzadi. 1968- yil ishlab chiqarishdan uzilmagan holda „Inqilobgacha Òurkistonda kutubxonachilik ishi tarixi“ mavzusida nomzodlik

ishini tayyorladi va 1970- yili himoya qiladi. Kutubxonada „1936 — 1951- yillarda O‘zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining ko‘rsatkichi“ni tayyorlab, 1954- yil nashr ettirdi. Unga 592 ta dissertatsiyaning bibliografik ma’lumotlari kiritilgan, 1956- yili „O‘rta Osiyo davlat universitetining nashrlari ko‘rsatkichi“ning 1922 — 1956- yillarda nashr etilgan materiallarni aks ettirgan 2- sonini tayyorlashda ishtirok etadi. Ilmiy faoliyatdagi yangilik „Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti antropologiya kafedrasining 1923 — 1959- yillardagi ekspeditsiyalari“ obzor ko‘rinishidagi ishini 1964- yil nashr ettirdi va unda 29 ta antropologiyaga oid ekspeditsiyalar haqida ma’lumot beradi. 1968- yil nashr etilgan „Inson va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining 1925 — 1966- yillardagi ekspeditsiyalari“ nomli ishida 28 ta fiziologiyaga oid ekspeditsiyalar va ularning Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bo‘ylab safarlari haqida ma’lumot keltirilgan. Kormilitsin 1970- yil nashr etilgan „ToshDU tarixi va faoliyatiga oid materiallar“ nomli ishning tashabbuskori va ishtirokchisi edi. Unda universitet faoliyatiga oid 1918 — 1966- yillarni o‘z ichiga olgan 2000 dan ortiq bosma va qo‘lyozma asarlar haqida ma’lumot berilgan. Materiallar fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot isntitutlariga ko‘ra tartibga solingan. Kormilitsin olimlarning bibliografik ko‘rsatkichlarini tuzishda ham faol ishtirok etdi. Ham- korlikda „Nikolay Leopoldovich“, „Obid Sodiqovich Sodiqov“ (rus tilida), „Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy“, „Toshmuham- mad Aliyevich Sarimsoqov“, „Ilariya Alekseyevna Raykova“,

„Vladimir Ivanovich Popov“ kabi biobibliografiyalarning nashrdan chiqishida muhim rol o‘ynadi. Bibliografiya amaliyotida birinchi marta olim rahbarligida yoqlangan dissertatsiyalar haqida, opponentlik qilgan ishlari haqida ma’lumotlar beradi. 1974- yil Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan „Abu Rayhon Beruniy“ bibliografiyasini nashr etadi. Unda olim hayoti va faoliyatining asosiy sanalari, asarlarining ro‘yxati, u haqdagi ko‘plab asarlar ro‘yxati berilgan. Ustoz 20 yildan oshiq vaqt Madaniyat institutining kutubxonachilik fakultetida dars berdi. Kutubxonachilik ishi, kitob ishi, qo‘lyozma kitoblar tarixi, O‘zbekistonning madaniyati tarixiga oid ko‘plab maqolalar e’lon qildi. So‘nggi ish biri „Âèäíûå áèáëèîòåkîâåäû è áèáëèî- ãðaôû Óçáåkèñòaía“ nomli ma’lumotnomada respublikamiz madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutgan, kutubxonashunos va biblio- graflar haqida to‘la ma’lumotlar berilgan.


Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin