Reja: Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati,asosiy belgilari



Yüklə 110,37 Kb.
səhifə1/5
tarix12.10.2023
ölçüsü110,37 Kb.
#154269
  1   2   3   4   5
Tadbirkorlik faoliyati


Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali.

Reja:


  1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati ,asosiy belgilari.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari va korxonalarning tashkiliy shakllari.

  3. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari.

  4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.

1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati ,asosiy belgilari .
Tadbirkorlik faoliyati – mavjud qonunlar doirasida, mulkiy ma`suliyat ostida va foyda olish maqsadida tahlika bilan amalga oshirilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining vazifalari:

  • Ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarni birlashtirish;  Biznesni yuritish bo`yicha asosiy qarorlarni qabul qilish;

  • Ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini va biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishda tashabbuskorlik ko`rsatish.

  • Tahlikaga borish.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart – sharoitlari:

  • Tadbirkor faoliyati uchun ma`lum huquq va erkinliklar mavjud bo`lishi lozim;


  • Tadbirkor mulkchilik huquqiga ega bo`lishi (mol –mulkni va foydani tasarruf qilishda) zarur;

Erkin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ta`minlaydigan iqtisodiy muhit va ijtimoiy –siyosiy shart – sharoitlar yetarlicha bo`lishi kerak;
Tadbirkorlikning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi,ishlab chiqarish uning o`zi yoki oila a`zolari mehnati asosida amalga oshiriladi.
Xususiy tadbirkorlik mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo`ladi, ishlab chiqarish jarayoni yollanma mehnatga asoslanadi.
Jamoa tadbirkligi jamoa muklchiligiga asoslanadi va uning iqtisodiy faoliyatida, shu jumladan, boshqarishni amalga oshirishda jamoa a`zolari faol qatnashadi hamda shu orqali jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg`unligi ta`minlanadi.

Yüklə 110,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin