FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
ISSN: 2181-1776
254
“BILIG –
ILMIY FAOLIYAT” nashri | http://bilig.academiascience.org
http://bilig.academiascience.or
kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo, tahsil oluvchilarning faolligini
oshirish talab qilinadi. Shuning uchun ham o’quvchilarning
mustaqil, ijodiy, tanqidiy
fikrlarini o‘stirishda ta’limning interfaol usullaridan keng hamda o’rinli foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o‘quvchilarda mehnat ta’limiga oid bilim va
ko‘nikmalarini shakllantirishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda
tizimlilik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, o’qitish ishlarining
natijalarini nazorat qilish
hamda baholashga yangicha usularni joriy etish kabilar yetarlicha o‘z aksini topmay
qolmoqda. Shuning uchun umumta’lim maktablarida o‘quv uslubiy ishlarni
takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning faol usullaridan foydalanish, o‘qitishning hamda
sinov-nazorat ishlarini o‘tkazishni maqbul shakllaridan oqilona foydanish yo‘llarini izlab
topish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga
erishish yo’lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish
zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarni
bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil,
ijodiy fikrlashlari uchun
qo‘llaniladigan shakl va usullarini mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda o‘z
samarasini beradi.
Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur-
yuzaki, moslashuvchan, andozali, mustahkam va mustahkam bo‘lmagan turlariga
bo‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil bo‘ladigan nazariy va amaliy
bilimlarni oshirish mumkin. Chunki nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar)
yetarli
darajadagi xususiyatlarni, texnika va texnologiyalar hodisasini va ularning obyektiv
munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning
aloqasini, hodisasi va boshqalarning to‘g’ridan-to‘g’ri amaliy faoliyatiga kiritilganligini
bildiradi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida
o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga va butun sinf jamoasiga izchil ta’sir tadi, individual
ishni
sinf jamoasi ishi bilan qo‘shib olib boradi.. tajribali o‘qituvchilar o‘quvchi bilimini
baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga suyanadilar va o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir
etadilar. Bunda o‘qituvchi sinf o‘quvchilari diqqatini faollashtiradi, o‘rtoqlarining javobiga
mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Shuningdek, o‘z bilimlarini mustahkamlashga, o‘z
bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‘quvchini o‘z vaqtida vijdonli, rostguy
bo‘lishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bilimga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining materialni o‘zlashtirish
saviyasi, bola tafakkurining o‘sish darjasi, zenining rivolanishi
kabi xususiyatlarini
hisobga oladi: o‘quvchilarning ishlash sur’ati, qobiliyati, o‘qishga ishtiyoqi, nutqning
o‘sish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda
uchraydigan qurqoqlik,
uyatchanlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga ortiqcha baho berish, ishonmaslik, shoshqaloqlik,