Bilig ilmiy faoliyat


RESPUBLIKA KONFERENSIYASI



Yüklə 472,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü472,31 Kb.
#174132
1   2   3   4   5
admin, 800-804 BOSHLANG`ICH TA`LIMDA MASOFAVIY TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

RESPUBLIKA KONFERENSIYASI 

25.06.2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
 
803
 
Boshlang`ich ta`lim matematika o`qitish jarayonida ushbu muammoni ijobiy 
hal etish uchun aynan o`qitishning masofaviy ta`lim shaklidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Izchillik bilan mulohaza yuritar ekanmiz boshlang`ich matematika 
o`qitish jarayonida uzluksizlik ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga 
egadir, chunki boshlang`ich sinfda ijodiy tafakkur o`zining samaradorligi, dolzarbligi 
va universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi.
Bizga ma`lumki matematika fani doimiy izlanishni, uzluksizlikni, ijodiy 
tafakkur qilishni talab qiladi. Tatil paytida ham o`quvchilarning bilim o`zlashtirish 
bilan shug`ullanishlari uchun boshlang`ich matematika o`qitish jarayoniga oid bazi 
tavsiyalarni ta`kidlab o`tish mumkin.
4-sinf matematika darsligida mavzulashtirilgan masalalar ko`pchilikni tashkil 
qiladi. Darslikdagi masalalarga nisbatan qo`shimcha topshiriqlar tizmini ishlab 
chiqish va ta`til paytida masofaviy ta`lim orqali o`quvchilarga tavsiya etish mumkin 
va bu ijobiy natijalar beradi.
“Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari” mavzusiga oid 4-masalani qarab 
chiqaylik. (4-sinf “Matematika” darsligi. T-2020 “O`qituvchi” nashriyot matbaa 
ijodiy uyi.) 
4-masala
. Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol 
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi? 
Ushbu masalaning yechimi dars vaqtida batafsil ko`rib chiqiladi. 
O`quvchilarning masalaga oid bilimlarini mustahkamlash, o`tilganlarni takrorlash 
maqsadida masalaga bog`liq quyidagi topshiriqlarni masofaviy ta`lim orqali 
qo`shimcha tarzda berish mumkin: 
1)Ushbu masalaga teskari masala tuzing. 
Namuna: Bosmaxonada jami 594 nafar kishi ishlaydi. Agar bosmaxonada 318 
nafar erkak ishlasa necha nafar ayol ishlaydi? 
2)Ikki savolli masala tuzing. 
Namuna: Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol 
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi? Bosmaxonada erkaklar 
ayollarga nisbatan necha nafar ko`p? 
3)Qo`shimcha savolli masala tuzing. 
Namuna: Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar ko`p ayol 
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi? Bosmaxonada erkaklar 
ayollarga nisbatan necha nafar ko`p? 
“Birlar, minglar, millionlar sinfi” mavzusiga doir. 
3-masala.Omborda 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Ertalab 
do`konlarga 45 yashik ho`l meva jo`natildi. Omborda necha yashik ho`l meva 
qolgan? 
1)Ushbu masalaga teskari masala tuzing. 
Namuna: Omborda 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Omborda 45 
yashik ho`l meva qolgan bo`lsa, do`konlarga necha yashik ho`l meva jo`natilgan?. 
2)Ikki savolli masala tuzing. 


FTAI

Yüklə 472,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin