Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:
ijtimoiy institut sifatida o'quv muassasalarining vazifalari;
ta'limning samarali tizimi;
o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
ta'limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahs talab mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o'quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o'zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o'quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko'nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Og’zaki javob berishda «4» baho qo’yiladi, agar: a) o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar bersa; b) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; d) o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan xatolarga yoki ba'zi to'liq bo'lmagan javoblarga yo’l qo’ysa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, agar: a) masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo'lmasa; b) topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo'lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo'lsa.
5»baho qo’yiladi,agar: a) o'quvchi dasturdagi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; e) egallangan bilimlarni amalda erkin qo’llay olsa; g) o'rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa.
Dostları ilə paylaş: |