3. Oliy ta’limni boshqarish tizimlari.
Boshqarishnnig asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmaviy vazifasi о‘qitishning, oliy kadrlar tayyorlashning va ilmiy tadqiqotlar oliy darajasini mustahkamlash, shushingdek, jamiyatga xizmat qilishdan iborat bо‘lishi kerak.
Jahonda ta’limni boshqarishning ikki tizimi shakllangan : markazlashgan va markazlashmagan.
Boshqarishning markazlashgan tizimi Fransiya va sobiq ittifoqda yaqqol namoyon bо‘lgan. Mazkur tizimga muvofiq ta’lim dasturlari va о‘quv rejalari, pedagog kadrlarni tayinlash, kо‘chirish vaishdan bо‘shatish, ta’lim muassasasidagi tartib va boshqalar, Maorif vazirligining meyoriy hujjatlar, qarorlar, buyrqlar,farmoyishlar va yо‘riqnomalari bilan qat’iy chegaralangan.
Shunday markazlashgan boshqaruv muayyan vaqtgacha fransuzta’lim tizimining afzalligi bо‘lib kelgan. Lekin, ta’lim muassasalarining miqdori oshishi bilan boshqaruv tizimi sezilarli darajada kengayadi va xodimlarining tashabbusini cheklab qо‘yadi. Shuning uchun hozirgi paytda bu tizim ta’lim muassasalariga erkinlik berish, markazlashishdan chetlashish tomon qayta qurilmoqda.
Markazlashmagan boshqaruv tizimi, AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda barqaror shakllangan. Bu tizim ta’lim muassasalariga keng imkoniyat berishni kо‘zda tutadi.
Germaniyada ta’lim tizimi har bir federal yer tasarruvidadir. Lekin, federal yerlar о‘rtasida ta’limnnig turlarini uyg‘unlashtirishni ta’minlash uchun federal organ – Yer ta’lim va madaniyat vazirligi konferensiyasi mavjud. U ta’lim siyosati bо‘yicha kelishuv tavsiyalari ishlab chiqadi. Bu tavsiyalarga quyidagilar kiradi : kasb ta’limi tizimidagi bir xil tartibga soluvchi qonunlar (ta’lim muddati, о‘qishga ruxsat berish, diplomlar); ta’limdagi moddiy ta’minot; ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini moliyalash; xalqaro hamkorlik.
Germaniya OTMlari о‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash borasida keng imkoniyatga ega. Bir qolipdagi reja asosida , ya’ni fanlar rо‘yxatini va ular mehnat talabligini belgilovchi rejalar asosida professorlar о‘quv mashg‘ulotlari va fan mazmunining tuzilishini о‘zlari belgilaydilar.
AQShda ta’lim muassasalari faoliyatiga maktablar okrugiga ajraluvchi Shtatlar tomonidan amalga oshiriladi. Okrugga Kо‘mita boshchilik qiladi, unga, odatda, bizmensmenlar, ziyolilarning barcha – byudjet, о‘qituvchilarni ishga olish va bо‘shatish, ularning maoshi, darsliklarni tanlash va va tavsiya qilish masalalarni hal etish uning vazifasiga kiradi.
AQShda ta’lim muassasalari keng imkoniyatga ega va boshqaruv idoralaridan muayyan darajada mustaqillikka ega. Shunga kо‘ra ular ta’lim dasturlari tavsifi va sifatiga kо‘ra bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shunga kо‘ra ta’lim sifati tayanch darajasini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalashdan keng foydalaniladi. Bu ta’lim muassasalarini, foydalanilayotgan ta’lim dasturlarini hukumatga aloqadorsiz, ekspert tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vositasidir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oliy ta’lim tizimining maqsad va vazifalari О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tо‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan. Bu vazifalar universitetlar, akademiyalar va institularda hal etiladi. Oliy ta’lim sohasidagi о‘zgarishlarni samarali boshqarish uchun ham milliy, ham institusional miqyosda ta’lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ma’sul bо‘lgan shaxslar о‘rtasida, professor-о‘qituvchilar tarkibi va talabalar, mehnat sohasi, OTMlar va jamiyat о‘rtasida yaqindan hamkorlik zarur. Boshqarishdan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarining institusional vazifasini ta’lim berish, kadrlar tayyorlash yuqori darajasini ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish yо‘li bilan mustahkamlashdan iborat bо‘lishi lozim.
Adabiyotlar:
Peregudov L.V.Saidov. “Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti”. T., 2005.
Sharifxо‘jayev M.,Abdullayev YO. “Menejment”.Darslik. T., “О‘qituvchi”. 2001 .
G‘ulomov S.”Menejment asoslari”. T., 2002 y.
Dixtl K.”Prakticheskiy marketing”.M., 1996.
http://www.budgetrf.ru/
http://www.press-service.uz
http://www.gov.uz/
Dostları ilə paylaş: |