Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja


Oliy ta’lim boshqarish bosqichlari



Yüklə 110,33 Kb.
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü110,33 Kb.
#196268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK

2. Oliy ta’lim boshqarish bosqichlari.
Respublikamiz mustaqilligi sharoitida ta’lim boshqaruvini takomillashtirish va unning samaradorligini oshirish ta’lim taraqqiyotini xal qiluvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun boshqaruvni demokratik, adolatli, izchil, tahliliy olib borish diqqat markazida turadi.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq oliy ta’limni boshqarishni quyidagi bosqichlari kо‘zda tutilgan.
1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning vakolati quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- oliy ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi;
- ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatlangan davlat idoralariga, shu jumladan oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OО‘MTV)ga rahbarlik qilish;
- ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ta’lim muassasalarini barpo etish, qayta tuzish, tugatish tartibini belgilash;
- ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash, pedagog va ilmiy xodimlarni attestatsiyalash tartibini belgilash;
- О‘zbekiston Respublikasidagi boshqa davlatlar ta’lim muassasalariga ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olishi uchun ruxsat berish;
- chet davlatlarning ta’lim standartlarini tasdiqlash;
- ma’lumot tо‘g‘risidagi davlat namunasidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
- davlat granti miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul tartibini belgilash;
- davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
- ta’lim olayotganlarni akkreditatsiyalangan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga kо‘chirish tartibini belgilash;
- qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar.
2. Ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat idorasi (OО‘MTV), uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
- ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- ta’lim va boshqa muassasalarga metodik rahbarlikni amalga oshirish va rahbarlik qilish;
- davlat ta’lim standartlari talablari, ta’lim darajasi va mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sifatiga bо‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
- о‘quv jarayoniga о‘qitishning ilg‘or shakllarini yangi pedagogik texnologiyalar va о‘qitishning informatsion vositalarini joriy etish;
- о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlar yaratish va nashr etishni tashkil etish;
- ta’lim olayotganlarning yakuniy davlat attestatsiyasi tо‘g‘risidagi va ta’lim muassasasidagi eksternet tо‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish;
- pedagog xodimlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish;
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat oliy ta’lim muassasasiga rektor tayinlash tо‘g‘risida taklif kiritish;
- qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar.
Oliy ta’lim sohasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga yuksak darajadagi ma’suliyatlilik, vakolatlilik hamda tartib, ma’muriy qoidalarni ichki va tashqi vositalar yordamida muntazam samarali baholash qobiliyati xos bо‘lishi lozim.

Yüklə 110,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin