O‘quv faoliyatining natijasi: Ijtimoiy o’rgatish ta`limotining markaziy muommosi sifatida ijtimoiylashuv, ijtimoiy o’qitish nazariyasining evolyutsiyasi, kuzatish, taqlid qilish orqali o’rgatish fenomeni, bolalar rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili asoslab beriladi.
Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o’qitishning kuchli psixologik yo’nalishi yuzaga kelgan. Individga xulq-atvor namunalari rollar, me`yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o’tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollardlar tomonidan ijtimoiy o’rgatish atamasi kiritilgan edi. Ijtimoiylashuv – biologik mavjudod, go’dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to’laqonli a`zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o’zlashtirilishini va ularning namoyon bo’lishi o’zaro aloqada bo’lgan tashqi va ichki ta`sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqarishini izohlashi kerak. Ushbu ilmiy yo’nalish vazifalarini uning nazariy etakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umumqabul qilingan me`yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o’zlarida tutishlariga undashda qo’llaydigan mexanizmlar ya`ni usullarni etilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o’qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba`zi bir holatlarni qabul qilib o’zlashtirgan va ularni o’rgatishning bexiviorstik tamoyillari bilan bog`langan. Ijtimoiy o’qitish yo’nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. O’qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o’rgatish g`oyasi ahamiyatini butunlay qo’llab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy o’qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o’zida ajratib ko’rsatilgan.