3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.
3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.
Tinglaydilar.
1-ilova.
Psixik rivojlanishni tushunishning tarixiy madaniy kontseptsiyasi L.S.Vigotskiy maktabi mavzusida topshiriqlar to‘plami 1-o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Riaojlanishning yaqin zonasi bola psixik taraqqiyotidagi muammolarni aniqlashg yordam beradimi?