Bilim sohasi: Ta`lim yo’nalishi


Aqli zaif bolalarni yordamchi maktabda o’qishga tayyorlash



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə9/64
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#95760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
13691 мактабгача олиго

Aqli zaif bolalarni yordamchi maktabda o’qishga tayyorlash
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda maktabda o’qishga «tayyorlash» tushunchasining mazmuni. Aqli zaif bolalarning maktabda o’qishga umumiy tayyorligi. Psixologik tayyorlik, jismoniy, axloqiy-irodaviy tayyorlik. Tayyorlov guruhida korrektsion-pedagogik ishning xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda o’qish faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish. Maxsus bog`cha va maxsus maktabda o’qitish va tarbiyalashning usullari va mazmunining bog`liqligi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolani maxsus maktabda o’qishga tayyorlashda bog`cha va oilaning o’zaro hamkorligi.


Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg`ulotlarda talabalar maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlari bilan tanishadilar, ularni tahlil qiladilar, ,bolalar bilan muloqotga kirisha olish, mashg`ulotlarni kuzatish, adabiyotlar va asosiy qo’llanmalar, korrektsion-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirishni o’rganadilar.
Amaliy mashg`ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:
Maxsus maktabgacha muassasasining faoliyati va bolalarning xujjatlari bilan tanishish
Maktabgacha yoshdagi akli zaif bolalarni ukitish va tarbiyalash dasturini urganish va taxlil kilish
Maxsus bolalar bogchasida defektolog mashgulotlarini kuzatish
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida akli zaif bolalar bilan olib boriladigan individual korrektsion- tarbiyaviy mashgulotlar
Maxsus bolalar bog`chasida korrektsion-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish.


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta`lim oliy o’quv yurtida talabalarni o’quv mashg`ulotlarining asosiy metodlaridan biri bo’lib, u o’quv-tarbiya ishlarining barcha jabhalarini qamroab oladi. Mustaqillik – faoliyatning barcha turlari va insonning aqliy, irodaviy va hissiy faolligi bilan chambarchas bog`liq bo’lgan eng fundamental psixologik –pedagogik kategoriyalardan biridir.
Mustaqillikning asosiy belgilariga ishning maqsadga yo’naltirilgan metodi va usullarini bilish, jadallik va faoliyatga ijodiy yondoshish, o’zini nazorat qila olish qobiliyati, faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish kiradi.
Ana shularga bog`liq ravishda “Maktabgacha oligofrenopedagogika” fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’rganadilar, taxlil qiladilar, mashg`ulotlarning ishlanmalarini, referatlar tayyorlaydilar,
“Maktabgacha oligofrenopedagogika” kursi bo’yicha mustaqil ishlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo’lishiga imkon yaratadi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari (psixologik-pedagogik tavsif)
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan maxsus maktabgacha muassasalar.
Maxsus bolalar bog`chalari tarbiyalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolaga psixologik-pedagogik tavsifnoma tuzish.
Aqli zaif va me`yorida rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarga solishtirma psixologik-pedagogik tavsif.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalarda madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish uchun sharoitlari.
Maxsus maktabgacha muassasalarda korrektsion-pedagogik jarayonni tashkil etish.
Moddiy sharoitlar va ularning maxsus bolalar muassasasi guruxlarida tarbiyaviy-sog`lomlashtirish ishlaridagi roli ( turli guruxlardagi sharoitni tahlil qilish).
Maxsus maktabgacha muassasada kun tartibini tashkil etilishi va ishni olib borilishi.
Gurux defektologi va tarbiyachisining ish rejasi bilan tanishish va ularning “Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturi”ga mosligi.
Tarbiyaviy ishlar tizimida ta`limning (o’qitishning) ahamiyati.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturi”ning “Nutq o’stirish” bo’limidan 1 o’quv yilining 1 choragi, 2 o’quv ilining 2 choragi uchun bilimlar mazmuni.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning faoliyatini shakllantirish.
“Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturi”ning “O’yin”, “Qurish-yasash”, “Mehnatga o’rgatish” bo’limlarining tahlili.
Dasturning “O’yin” bo’limi bo’yicha mashg`ulot ishlanmasini tayyorlash (ko’rgazmali qurollar bilan)
Dasturning “Tasviriy faoliyat” bo’limi bo’yicha mashg`ulot ishlanmasini tayyorlash (ko’rgazmali qurollar bilan)
Dasturning “Qurish-yasash” bo’limi bo’yicha mashg`ulot ishlanmasini tayyorlash (ko’rgazmali qurollar bilan)
Dasturning “Mehnatga o’rgatish” bo’limi bo’yicha mashg`ulot ishlanmasini tayyorlash (ko’rgazmali qurollar bilan)
Aqli zaif bolalarni aqliy tarbiyasi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining turli yosh guruxlarida sensor tarbiyaning mazmuni va metodlari.
Aqli zaif bolalarda kommunikativ malakalarni shakllanish xususiyatlari.
Aqli zaif bolalarda sensor tasavvurlarning kengligi va aniqligi (predmetlarning sifati, xususiyatlarini).
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda dastlabki o’quv malakalarining shakllanish xususiyatlari.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning mehnat tarbiyasi.
Turli yosh guruxlarida mehnat turlarining qo’llanilishi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida mehnat qurollari va uni guruxlarda tashkil etilishi.
Aqli zaif bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Kattalar va bolalarning hamkorligini shakllantirish.
Aqli zaif bolalar tomonidan ijtimoiy tajribani o’zlashtirish yo’llari.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish uchun materiallar tayyorlash (tekshirish albomlari, ko’rgazmali qurollar).
Tekshirish jarayonida bolaning hissiy-irodaviy doirasi. Bolani tekshirish bayonnomasi asosida uning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutqining xususiyatlarining tahlili.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin