Ko'p o'qli bo'g'imlar. 1. Sharsimon bo'g'imlar (masalan, yelka bo'g'imi). Bularda bir-biriga tik bo'lgan va boshchasining markazida bir-biri bilan kesishadigan uchala asosiy o'q tafovut qilinadi. Sharsimon bo'g'im barcha bo'g'imlarning eng erkini hisoblanib, unda oldinga va orqaga bukish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, ichkariga va tashqariga aylantirish harakatlari bo'lib turadi. 2. Yassi bo'g'imlar (masalan, umurtqalararo bo'g'imlar). Bularda deyarli yassi bo'g'im yuzalari bo'ladi. Bo'g'im yuzalari tafovuti bularda arzimas bo'lgani uchun harakatlarining hajmi ham katta emas.
Yangi bo‘g‘inlarni qo‘shish kinematik harakatchanlikni oshiradi. Masalan, umurtqalararo bo‘g‘inlarning muayyan harakatchanligi tufayli (etarlicha chegaralangan bo‘lsada) bosh miya suyagi oltita erkinlik darajasiga ega.
Skelet suyaklari va muskullar birlashmasidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar, odam tayanch — harakatlanish sistemasini fizika nuqtai nazaridan odamni muvozanatda saqlab turuvchi raqamlar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilish imkonini beradi.
Anatomiyada richaglarni ikki xil ko‘rishida bir-biridan farqlashadi: birinchisi kuch richaglari bo‘lib bularda kuchdan yutib, ko‘chishdan yutqaziladi, ikkinchisi — tezlik richaglari bo‘lib, bularda kuchdan yutqazib, ko‘chish tezligidan yutiladi. Pastki jag‘ tezlik richagiga yaxshi misol bo‘la oladi. Ta’sir qiluvchi kuchni chaynov muskuli yuzaga keltiradi. Ovqatni ezish paytida yuzaga kelgan qarama-qarshi ta’sir etuvchi qarshilik kuchi — tishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’ir qiluvchi kuchning elkasi qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuchning elkasidan birmuncha qisqa bo‘lgani sababli chaynov muskuli qisqa va kuchli bo‘ladi. Qandaydir qatiq jismni tish yordamida chaqish lozim bo‘lganda, odam buni jag‘ tishlari yordamida amalga oshirishga harakat qiladi, chunki bunda qarshilik kuchining elkasi kamayadi.
Agar odam skeleti bitta organizmda mahkamlangan alohida-alohida bo‘g‘inlar to‘plamidan iborat deb qaralsa, gavdaning normal holatdagi turishida bu bo‘g‘inlarning hammasi juda turg‘unmas holatda bo‘lgan sistemani hosil qilgani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, tana tayanchi chanoq-son bog‘lanishi shar shaklli sirt ko‘rinishida berilgan. Tananing massalari markazi tayanch nuqtasidan yuqoriroq joylashgani uchun shar shaklidagi tayanchda turg‘unmas muvozanat hosil qiladi. Bunga tizza va boldir-tovon birlashmalari ham misol bo‘la oladi. Shu sababli bu bo‘g‘inlarning hammasi turg‘unmas muvozanat holatida bo‘ladi.
Normal, tikka turgan odam tanasi massalari markazi chanoqson, tizza va oyoq boldir-tovon birlashmalari markazlari bilan bir vertikalda, dumg‘aza tumshug‘idan 2-2,5 sm pastda va chanoq son o‘qidan 4-5 sm yuqorida joylashgan bo‘ladi. Shunday qilib, normal tikka turish, bir-biri bilan tutashib ketgan skelpt bo‘g‘inlarining, eng turg‘unmas bir holatidir. Shunga qaramasdan butun sistemaning muvozanatda saqlanishiga sabab, faqat ushlab turuvchi muskullar sistemasining doimiy taranglanib turishi tufaylidir.