Bilim sohasi


-§. TIRIK ORGANIZMLARDA BIOMEXANIKANING BA‘ZI MASALALARI. BO‘G‘IMLAR VA RICHAGLAR



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə14/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

1.4-§. TIRIK ORGANIZMLARDA BIOMEXANIKANING BA‘ZI MASALALARI. BO‘G‘IMLAR VA RICHAGLAR

Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari odatda uning harakatdagi qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qismlari bilan tutashtirilgan bo‘ladi. Bir necha qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi. Odam tanasi — kinematik bog‘lanishga misoldir.



Bo'g'imlar biomexanikasi. Bo'g'im yuzalarini shakli jihatidan olganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o'q atrolida aylanadigan silindr; ikkita o'q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko'ra ko'proq o'q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin. Bo'g'imlarda bo'lib turadigan harakatlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi;
1) frontal (gorizontal, ko'ndalang) o'q atrofida qilinadigan harakat — bukish va yozish; 
2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o'q atrofida qilinadigan harakatlar — o'rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish;
3) tik o'q atrofida qilinadigan harakatlar, ya'ni ichkari va tashqari yoki o'ng va chapga qarab aylantirish; 
4) aylanma harakatlar. Bo'g'im funksiyasi harakatlarining nechta o'q atrofida bo'lib turishiga, shuningdek, qo'shiluvchi yuzalarining shakliga bog'liq. Bo'g'imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko'rsatib o'tsa bo'ladi.

Bir o'qli bo'g'imlar. 1. Silindrsimon yoki g'ildiraksimon bo'g'im (masalan, proksimal bilak-tirsak bo'g'imi, bunda bilak ichkariga burash — pronatsiya harakati bilan tashqariga burash — supinatsiya harakatini bajaradi). 2. G'altaksimon yoki chig'irsimon bo'g'im (masalan, barmoqlar falangaaro bo'g'imlari) bunday bo'g'imda frontal o'q atrofida harakatlar bo'lib turadi (bukish va yozish).

Ikki o'qli bo'g'imlar. 1. Ellipssimon bo'g'im (masalan, bilak-kaft, ya'ni bilakuzuk bo'g'imi), bunda bir-biriga tik ikkita gorizontal o'q atrofida: frontal o'q bilan (bukish va yozish) sagittal o'q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlar bo'lib turadi. 2. Do'ngli bo'g'im (masalan, tizza bo'g'imi). 3. Egarsimon bo'g'im (masalan, I barmoqning kaft usti kaft bo'g'imi); bunday bo'g'imda bir-biriga tik ikki o'q atrofida: frontal o'q bilan (bukish va yozish) sagittal o'q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlari bo'lib turadi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin