Anatomiya fani, uning fazifalari, o'rganish usullari, rivojlanish tarixi. Hujayraning tuzilishi, tarkibi, bo'linishi. To'qimallarning turlari, tuzulishi vazifalari



Yüklə 33.59 Kb.
tarix01.01.2017
ölçüsü33.59 Kb.


Anatomiya fani, uning fazifalari, o'rganish usullari, rivojlanish tarixi. Hujayraning tuzilishi, tarkibi, bo'linishi. To'qimallarning turlari, tuzulishi vazifalari.

Reja


1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.

2.Anatomiyaning o`rganish usullari.

3.Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.

4.Anatomiya atamalari.



Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.

Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi.

Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi.

Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi.

Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi.

Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi.

Antropologiya – organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi.

Funksional anatomiya – a‘zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi.

Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi.

Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi.

Patologik anatomiya- a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi.

Sistematik anatomiya- bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya, sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi.

Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.

Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi.



Anatomiyaning o`rganish usullari.

Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir.



  1. Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi.

  2. Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash

  3. Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi.

  4. In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi.

  5. Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi.

  6. Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi

  7. Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi.

  8. Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi

  9. Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi.

12. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.

13.Mikroskopda ko`rib urganish usuli- to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi.



Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.

Anatomiya fanining rivojlanish tarixi eramizdan oldingi uzoq o`tmishga borib ta‘qaladi. Qadimda diniy aqidalarga ko`ra murdani кеsib o`rganish gunoh sanalib bu usul bilan odam tuzilishini o`rganishga intilganlar o`lim jazosiga hukm etilgan.

Eramizdan oldingi XX asrda yashagan hind tabibi Bxaskara Bxatshe «Anatomiya targ`iboti» asarida a‘zolar, muskullar, qon tomirlar, nervlar to`g`risida yuzaki ma‘lumotlarni to`plagan.

Anatomiyaning asosiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatida boshlanib Gippokrat, Pifogor, Arastu, (Aristotel) kabi allomalar tarbiyalangan maktablar tashkil etilgan.

Buqrot (Gippokrat) – eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashab, tibbiyot sohasida o`zigacha bo`lgan ma‘lumotlarni to`plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asr yozgan yurak- qon tomirlar tuzulishi to`grisida ma‘lumot bergan.

Arastu (Aristotel)- eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi borligini aorta qon tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom, faylasufdir.

Gerofil – eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a`zolarni kesib o`rgangan,harakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan.

Jolinus Hakim (Klavdiy Galen) (130-210)- anatomiya, fiziologiya falsafa va biologiyani mukammal bilgan. U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini o`rgangan.

Jolinus hxayvonlar yuragi va qon tomirlarini o`rganib arteriyalarda havo emas balki qon oqishini birinchi bo`lib isbotlagan. U davrda murdani yorib odam anatomiyasini o`rganish mumkin bo`lmaganligi uchun odam a‘zolarining tuzilishini hayvonlarda o`rganishga majbur bo`lgan, shu tufayli uning anatomik ma‘lumotlarida ayrim xatoliklar bo`lgan.

Abu Ali ibn Sino (930-1037) – Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olib 17 yoshlik chog`idayoq fanlarni mukammal bilgan. U Xorazm va Eronda saroy tabibi bo`lib xizmat qilgan. Ibn Sino yuzdan ortiq asar yaratgan, bulardan eng yirigi – «Tib qonunlari» besh jildli bo'lib birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga bag`ishlangan. Ushbu kitobga tibbiyot sohasidagi dunyoda bo'lgan barcha ma‘lumotlarni to'plabgina qolmasdan o'z tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan bo'lib tibbiyotda asosiy qo`llanma sifatida hanuzgacha xizmat qilmoqda.

Ibn Sino organizmni o'rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» kitobida ichki kasalliklar, xirurgiya farmakologiya gigiyena va tibbiyotning boshqa qismlari to`grisida batafsil ma‘lumotlar berilgan. «Tib qonunlari» o`zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan.

Vilyam Garvey (1578-1657)- anatom va fiziolog bo`lib o`z kuzatish va tajribalari asosida 1626 yilda e‘lon qilingan «Hayvonlarda yurak va qon harakati to`grisida anatomik tekshirishlar» degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doiralarini birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan.Garviy qonni arteriyadan venaga ko`zga ko`rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o`tadi deb taxmin qilgan.

M. Malpigi (1628-1694) arteriya bilan venani bir biriga qo`shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko`rib isbotladi.

Fredrik Ryuish (1638-1731)- qon tomirlariga rangli moddalar yuborib o`rgangan va preparatlar tayyorlangan.

XII-XIII asrlarda ya‘ni uyg`onish davrida anatomiya faniga qiziqish Italiyada, keyin Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlandi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib o`rganishga ruxsat berilgan.Natijada,dunyoda birinchi bo`lib Mondino da Lyutsi 1326 yilda ikki murdani o`rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.

Leonardo da Vinchi (1452-1519)- Italiyalik rassom, matematik, injiner va faylasufdir, u 30 dan ortiq murdalarni kesib o`rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi bulib muskillarning ishlash dinamikani o`rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.

Andrey Vezaliy (1514-1564) – «Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining tuzilishi to`grisidagi yetti kitob» ni yozdi.

Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib kalla suyaklarining tuzilishi va taraqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi, eshitish va ko`rish a‘zolarini o`rganib «Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan.

B. Evstaxiy (1510-1574) – Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini to`g`riladi. U tishlar, buyraklar, eshitish a‘zolarini o`rganib birinchi marta halqum bilan o`rta quloq bo`shlig`ini qo`shib turuvchi eshitish yo`lini aniqladi. Kuzatishlar asosida 1714 – yilda «Anatomiya qo`llanmalari» asarini nashr ettirdi.

I. Purkin`e (1787-1869) suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida o`tkazish tolalari, nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini o`rganadi.

Rossiyada XVII- asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator saroylaridagina xizmat qilganlar. Ammo XVII asrning o`rtalarida toun epidimeyasi Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 yil) ochilishiga sabab bo`lgan.

Pyotr 1 Peterburg va Kronshtadtda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan va brinchi navbatda odam anatomiyasi fani bilan shug`ullanishni da`vat etgan.

Pyotr 1 ning tashabussi bilan Peterburgda tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan. Akademiyaga ishlagan olimlardan biri M. V. Ломоnоsов (1711-1765) nervizm g`oyalarini targ`ib etgan anatomiyani o`rganishga davat etgan vа tabiyatshunoslik faniga asos solgan olim bo`lgan. Uning tashabbusi bilan ochilgan universitet qoshida tibbiyot fakulteti bo`lgan.

N. I. Pirogov (1810-1881) – rus harbiy- dala jarrohligining asoschisi va topograf anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, qotirib, qavatma- qavat qilib kesib o`rgangan. Fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o`rgandi va “Muzlatilgan murdalarni arralab o`rganilgan topografik anatomiya” atlasini (1859yil) yozdi.

V. I. Bets (1834-94) Kiyev unevirsiteti proffesori, anatom.U bosh miyaning po`stloq qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini urgangan .

I.M.Sechenov (1829-1905) nervizm g`oyalarinig asoschisi bo`lib u organizmni bir butun bo`lib tashqi muhit bilan bog`lanishini isbotladi.I.M. Sechenov 1863 yilda “Bosh miya reflekslari” kitobini yozdi

I.P.Pavlov (1849-1936) odam markaziy nerv tizimi fiziologiyasini o`rganishga salmoqli hissa qushgan. U brinchi bo`lib ikkita signal tizimi to`g`risida, shartli riflekslar va oliy nerv tizimining faoliyati to`grisidagi nazariyani ilgari surib tugallangan ta‘limot yaratdi.

Anatomiya atamalari.

Odam organizmini o`rganishda qo`llaniladigan anatomiya atamalari birinchi marta 1894 yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida bo`lgan anatomlar se`zdida qabul qilingan. Bazel anatomiya atamalari nomenklaturasida a‘zolar tuzilishga mos kelmaydigan atamalar ham bo`lgan. Shuning uchun 1955 yilda Parijda bo`lib o`tgan anatomlar se`zdida Parij anatomiya atamalari nomenklaturasi qabul qilindi va hozir ham qo`llanilib kelmoqda. A‘zolarning joylashgan o`rni, ularning alohida qismlarini a‘zolarga nisbatan o`rganishda sagittal, fronttal va gorizantal sathdan foydalaniladi.

1.Sagittal sath odam tanasining oldindan orqa tomonga qaratib boshidan oxirigacha vertikal kesilishi natijasidan hosil bo`ladi. Agar muzlatilgan murdaning qoq o`rta qismidan o`ng va chap nimtalarga ajratilsa o`rta satx hosil bo`ladi.

2.Frontal sath sagittal sathga nisbatan to`gri burchak hosil qilib yoki aniqrogi odam peshonasiga parallel holatda o`tkazilgan yuzadan vjudga keladi.

3.Gorizantal sath fazoga parallel yoki sagittal holda frontal sathlarga to`g`ri burchak hosil qilib o`tkazilgan yuzadan hosil bo`ladi.

Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati, suyaklarning tuzilishi, shakllari,kimyoviy tarkibi,fizik xossalari,birikishi.
Rеja;

1.Tayanch-harakatlanishs tizimining ahamiyati

2.Suyaklarning shakllari

3.Suyaklarning tuzilishi, kimyoviy tarkibi

4.Suyaklarning fizik xossalari

5.Suyaklarning birikishi

6.Suyaklarning’ o’sishi

7. Suyaklarning’ yoshiga bog’liq xususiyatlari

8.Odam va hayvonlar skеlеtidagi o’xshashlik.
Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati

Oldingi mavzuda qayd etilganidеk, odam organizmining xayoti doimo tashqi muhit bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’laniptda tayanch - harakatlanish tizimi muxim rol o’ynaydi. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi.

Atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo’ladi (og’zaki va yozma nutq orqali), jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi. Odamning harakatlari juda xilma - xil va turli maqsadga qaratilgan bo’lib, bola o’sib - o’lg’aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammalashib boradi.Bu tizim uch qismdan: suyak, muskul va nеrv tizimidan iborat.

Suyak tizimi odam skеlеtini tashkil qilib, uning funksiyasi ko’p qirrali. Eng muhimi g’avdada u tayanch va ximoya vazifasini bajaradi. Skеlеtning tayanch funksiyasi tufayli odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. Skеlеt ichki a`zolarni, qon tomirlari va nеrv tizimini ximoya qilish vazifasini ham o’taydi. Masalan, bosh miya kalla suyai qopqog’i ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida; o’pkalar, traxеya va broxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko’krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan ximoyalangan.

Suyaklarning ko’mik qismida qonning shaklli elеmеitlari (eritrotsitlar, lеykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar minеral tuzlar dеposi (to’planadigan joyi) bo’lib xizmat qiladi.
Suyaklarning tuzilishi, shakllari

Suyaklar murakkab tuzilgan bo’lib. Ular tarkibiga barcha epitеliy, biriktiruvchi. muskul va nеrv to’qimalari kiradi. Suyak garkibini asosini suyak hujayralari (ostеoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning a`zosik qismi bo’lgan ossеinni (oraliq oqsil modda) sintеz qiladi va uning minеral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi.

Suyaklar ikki qavatdan iborat bo’lib, ustki qavati qattiq. zich plastinkasimon, ichki qavati g’ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko’plab ingichka kanalchalar bo’lib, ularda qon tomirlari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (pеriost) - suyak ustn pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda juda ko’p mayda qon limfa tomirlari, nеrv tolalari bo’ladi. Suyak usti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta'minlashda, uning o’sishida, singanda, еrilganda, jaroxatning bitishyda katta rol o’ynaydi.

Odam skеlеti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo’lnb, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklaridir. Ba'zi adabiyotlarda tishlar bilan birgalikda suyaklarning soni 250 ga yaqin dеb ko’rsatilgan. Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi. Naysimon suyaklar - bular o’z iavbatida ikki xil bo’ladi. Uzun naysimon suyaklar (еlka, bilak, son, boldir suyaklilari): kalta naysimon suyaklar Sul va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).

g’ovak suyaklari - bular ham ikki xil; uzun g’ovaksimon (qovurg’a, to’t, o’mrov), kalta g’ovaksimon (umurtqa, qo’l va oеqning kaft, kaft-ust, bilak-uzuk) suyaklar bo’ladi.

Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tеpa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari.

G’alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag’, pеshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi pеshonasimon va g’alvirsimon suyaklar.
Suyaklarning kimyoviy tarkibi

Suyaklar kimyoviy tarkibining 1/3 qismini a`zosik moddalar - ossеindar (kollagеn tolalar) va 2/3 qismini anorgznik moddalar tashknl etadi. Suyaklarning anorgamik moddalari tarkibida D. I. Mеndеlееvning kimyoviy elеmеntlar davriy tizimidagi elеmеntlarning ko’pchilign uchraydi.

Shulardan eng ko’pi fosfat tuzlari 60%ini .kaltsiy karbonat tuzi 5, 9% ini tashkil etadi.

Suyaklarning fizik xossalari

Suyklarning mustahkam bo`lishi uning tarkibidagi mineral va a`zosic moddalarning nisbati me`yorida bo`lishiga bog`liq.Agar yosh a`zosism suyagida kalsiy tuzlari kamaysa uning suyagi egiluvchan bo`lib qiyshayib qolishi,ya`ni qomatida buzilish bo`lishi mumkin.

Keksalar suyagining tarkibida mineral tuzlarning ko`payishi esa suyakning mo`rtlashuviga,tez sinuvchan bo`lishiga sabab bo`ladi.Shunday qilib suyakning fizik xususiyatlari uning kimyoviy tarkibi biln bog`liqdir.
Suyaklariing birikishi

Yuqorida tana suyaklari bayon etilganda ularning bir -biriga birikishi xaqida qisqacha ma'lumot bеrilg’an edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishiga muxim ahamnyatga ega.

Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,

Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz} birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir - biri bilan tutashuvi misol bo’ladi. Ular boylamlar, tog’aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikadi. Bosh suyagi pеshona, tеpa, chakka, ensa kabi aloxida suyaklardan iborat bo’lib, bola o’sgan sari ular chok yordamida bir - biriga birikib, yaxlit bosh suyagini xosil qiladi, Bu suyaklar bir - biriga uzluksiz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo’ladi.

Harakatli, ya'ni bo’g’im xosil qilib birikishga qo’l va oyoqlarning’ bo’g’imlari kiradi: еlka, tirsak, kaft ust, son - chanoq, tizza, boldir tovon hamda qo’l va oyoq panja suyaklarining bir -biri bilan bo’g’im xosil qilib birikipga bunga misol bo’ladi. Bo’g’im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisiniig uchi esa botiqroq bo’ladi. Bo’g’im uch qismdan: bo’g’im xaltachasi, suyaklarnnng birikish yuzasi va bo’g’im bo’shlig’idan iborat.

Bo’g’im xaltachasi ikki qavat - tashqi ( pishiq fibroz), ichki - sillnq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik ( bo’g’im moyi ( ishlab chiqariladi. Bu suyu^ushk suyaklarning bo’g’im yuzasini moylab, ular harakatink qulaylashtiradi. Bo’g’im tashqi tomondan paylar bilan o’ralib, uning mustaxkamligini ta'minlaydi.

Suyaklar bo’g’im yuzalarining tuzilishiga qarab bo’g’imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g’altaksimon bo’ladi. Masalan, kurak va еlka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imni xosil qiladi va bu bo’g’imda xilma -xil (oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma) harakatlar bajariladi.
Suyaklarning’ o’sishi. Yangi to’gilgan chaqaloqning bo’yi o’rtacha 50 sm bo’ladi. Bir yoshgacha u xar oyda 2 sm dan o’sib boradi. Birinchi yoshv oxirida bo’yi 74 - 75 sm ga еtadi. Undan kеyin xar yili uning o’sishi 57 sm ni tashkil etadi.

Bolalikning ayrim davrlarida bo’yga o’sish tеzlashadi. Masalan, 3 yoshg’acha, 5 - 7 yoshgacha va 12 - 16 yoshgacha. O’sish 20 - 25 yoshgacha davom etadi (uning asosiy qismi, ya'ni 90 % i 15 - 16 yoshgacha va qolgan 10 % i 20 - 25 yoshgacha). 25 - 50 yosh o’rtasida bo’yning uzunligi dеyarli bir xil saqlanadi. Undan kеyin har o’n yilda 1-2 sm dan kamayib boradi, Buning sababi shundaki, umurtqalar orasidagi tog’aydan iborat disklarning zichlashishi va yupqalagauvi ham odamda jismoniy harakatlar kamayishi natijasida suyak -muskul to’qimalarining xajmi kichrayadi.

Odam bo’yining uzunligi, asosan uzun naysimon va umurtqa pog’onasi suyaklarining o’sishiga bog’liq. Yuqorida aytvlganidеk bo’y o’sishning ko’p qismi bolalik va o’smirlik (16 yoshgacha) davrlariga to’g’ri kеladi. Suyaklar ayyai shu davrlarda tеz o’sadi.

Suyaklarnnng o’sishi mo’rakkab jarayon bo’lib, bunda suyak moddalarini sintеzlovchi hujayralar (ostеoblastlar) va еmiruvchi hujayralar (ostеoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Suyaklarning ustki tog’ay qismida minеral tuzlar to’planishidan suyak qattiqlashib - suyakka aylanib, ichki tomonidan еmirilib boradi. Bolalar suyagida ostеoblastlar ko’p bo’lib, ular o’sishniig tеzlashishini ta'minlaydi.


Suyaklarning’ yoshga bog’liq xususiyatlari.

Suyaklar odamning yoshiga qarab o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug’ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko’p qismi tog’aydan iborat bo’ladi. Shuning uchun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egaluvchan xususiyatga ega. Bola o’sgan sari suyaklarning tog’ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skеlеtining turli qismlarida xar xil kеchadi.

Yangi tug’ilgan bolalarda bosh suyagi o’zaro birikmagan bir nеchta suyakdan iborat bo’ladi. Shuning uchun bosh suyaganing qopqog’ida, ya'ni o’zaro birikmagan suyaklar o’rtasida yumshoq joylar (bo’shliqlar) bo’lib, ular liqildoq dеb ataladi. Katta liqildoq pеshona va tеpa o’rtasida joylashgan bo’lvb, uning bo’yi 3, 5 sm, eni 2, 5 sm bo’ladi. Bu liqildoq bola 1 yoshga to’lib, ikkinchi yoshga o’tganda bitadi. Tеpa va ensa suyaklari o’rtasida kichik liqildoq va tеpa - chakka suyaklari o’rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo’lib, bolaning 23 oyligidan ular suyakka aylana boradi. Bosh suyagi bolaning 34V 6-8 va 11-15 yoshlik davrida. Aypiqsa tеz o’sadi. Uning o’sishi va shakllanishi 20 - 25 yoshgacha davom etadi.

Gavda suyaklarida yoshga bog’liq quyidagi xususiyatlar mavjud. Umurtqa suyaklarn 17 - 25 yosh orasida suyakka aylanvb bo’ladi. Lеkkn umurtqa pog’onasi dum qismining suyakka aylanishi 30 еshgacha davom etadi. Yuqorida aytilganidеk, to’sh suyagining uchta qismk bolalarda aloxida suyaklardan iborat bo’lib, 20 - 25 yoshda ular bir - birig’a qo’shilib, yaxlit to’sh suyagiga aylenadi. Kurak, o’mrov, еlka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 - 25 sshgacha davom etadi. o’ng kaftining suyakka aylanishi 15 - 16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16 - 20 yoshgacha davom etadi.

Suyaklanish jarayonining normal borishi ko’p jijatdan ovqat tarkibiga, undagi oqsil moddasi, minеral tuzlar va vitaminlar еtarli mnodorda bo’lishiga hamda ochiq xavoda quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda foydalanishga bog’liq. Shuningdеk, jismoniy tarbiya, sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish suyaklanish jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Aksincha, vitaminlarning, ayniqsa D vitaminining еtishmasligi yoki quyosh nuridan еtarli foydalanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvi buzilishiga sabab bo’ladi va suyaklanish jarayoni sеkinlashadi. Natijada raxit kasalligi kеlib chiqadi. Bunday kasallika uchragan bolalarning suyagi yumshab, egiluvchan bo’lib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pogonasi, ko’krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib qolishi mumkin. Bu esa ularning qad - qomati normal shakllanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Odam va hayvonlar skеlеtidagi o’xshashlik.

Evolyutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy odam tik yurishi va mеxnat faoliyati tufayli uning skеlеtida sut emizuvchi hayvonlarning skеlеtidan farq qiladigan o’zgarishlar paydo bo’ladi. Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skеlеti miya qismining yuz qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular dag’al, qaggiq ozyaq bilan oziqlanadn. Bundan tashqari, ularning jag’i hujum va himoya a`zolari vazifasini ham bajaradi. Odam skеlеtining o’ziga xos bеlgilaridan biri asosiy mеxnat ortani bo’lgan qo’llarining tuzilishidir. Qo’lning еlka, tirsak, bilakuzuk va panja bo’g’imlarida xilma - xil murakkab va nozik harakatlar bajariladi. Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh va xokazo mutaxassislarning qo’l bilan bajaradigan ishlariii eslash kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda, ayniqsa, qo’l bosh barmog’ining roli nixoyatda katta bo’ladi. Odam tik yurishi uning chanoq; suyaklari va chanoq bo’shlig’ining kattalashuviga sabab bo’lgan. Shu tufayli chanovda ko’pgina ichki a`zolar joylashadi va ximoya qilinadi.

Odamning oyoq suyaklari xayvonlarning orqa oyoqlariga nisbatan kuchli rivojlangan va baquvvatdir. Bunga sabab odam tik yurishi tufayli tana massasining ikki oyoqqa turishidir. Bundan tashqari, odam oyoqlari bilan xilma - xil va murakkab harakatlarni bajaradi.
Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi

Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir nеcha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq suyaklari

Bosh skeleti bosh miya va og`iz bo`shlig`idagi a`zolarni himoya qilib turadi.

Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo’lib, ikki qismga bo’linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari.

Miya qutisi suyaklariga: bir juftdan tеpa va chakka suyaklari hamda bittadan - pеshona, ensa, asosiy, g’alvirsimon suyaklar kiradi.Ularning umumiy soni 8 ta

Yuz suyaklariga bir juftdan yuqorigi jag`,yonoq,burun, ko`z yosh,burunning pastki chig`nog`i,tanglay suyaklari va bittadan dimog`,til osti,pastki jag` suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.

Pastki jag’ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo’gam hosil qilib birikadi. Bu bo’g’im tufayli pastki jag’ xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so’zlash, kuylash imkoniga ega bo’ladi.

Bosh suyagining miya qutisi qismi.

Ensa suyagi miya qutisining orqa,pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi.U oldingi tomondan ponasimon suyakka,tepa va chakka suyaklarigabirlashgan.Unda palla,yon qismlar,asos yoki tana tafovut qilinadi.Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida joylashadi. Ensa suyagi katta ensa teshigi orqali umurtqa kanaliga qo`shilib turadi.

Ponasimon suyak juda murakkab tuzilgan bo`lib,kalla suyagining asosan o`rtasida,deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan.Uning katta va kichik qanotlari uchayotgan ko`rshapalak shakliga o`xshash bo`lib,suyak tanasiga birlashadi.Ponasimon suyak tanasining kalla bo`shlig`iga qaragan yuqori yuzasining o`rta qismida egarchaga o`xshash chuqurcha turk egarchasining tubi bo`lib bunda miyaning pastki ortig`i – gipofiz joylashadi.

Chakka suyagi bir juft bo`lib,murakkab tuzilgan.Eshitish,muvozanat analizatorlarini o`z tarkibida saqlab turadi.Chakka suyagi to`rt qismdan iborat: bular palla(tanga),nog`ora,piramida va so`rg`ichsimon qismlaridir.

Tepa suyagi bir juft bo`lib,miya qutisining o`rta qismini tashkil qiladi Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi.Bu suyak miya qutisining asosiy qismini egallaydi,bosh miyani mexanik shikastlanishlardan saqlaydi.Tepa suyak miya qutisining boshqa suyaklariga nisbatan to`rt qirrali va to`rt burchakli,sirti gumbazsimon bo`rtib chqqan plastinka shaklida tuzilgan.Uning oldingi qismi peshona suyagi pallasiga birlashadi,yuqori chqismi ikkinch tomondagi tepa suyagining xuddi sundayqismiga o`rta chiziqda birlashadi.

Peshona suyagi bitta bo`lib miya qutisining oldingi qismini tashkil qiladi va vertikal joylashgan palla qismi hamda gorizontal bo`lakka ajratiladi. Gorizontal bo`lak bir juft ko`z kosasi va burun bo`lagi qismlaridan tashkil topgan.



G`alvirsimon suyak yuz suyaklari orasida markazda,burun bo`shlig`ining peshona suyagi o`ymasida – tepada joylashgan.U gorizontal joylashgan g`alvirsimon nafis plastinka bilan kalla suyagining tubini hosil qilishda qatnashadi.U uch qismdan iborat: gorizontal joylashgan g`alvirsimon nafis plastinka,pastga yo`nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki yonida joylashgan labirint - g`ovakchalardir

www.UzReferat.ucoz.net



Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə