Мавзу: мустақиллик йилларида ўзбекистон санъати



Yüklə 39 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü39 Kb.
#60914
1357516553 41327


www.arxiv.uz

Mustaqillik yillarida O`zbekiston san`ati
O`zbekiston tasviriy dastgoh san`ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O`zbekiston san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. Respublikamiz rassomlari ko`pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san`atimiz ta`sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko`pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to`lib toshgan noz-ne`matlarini, manzara janrida esa, o`lkamizning go`zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me`morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko`rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg`or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O`zbekiston Vatanimiz ajoyib iste`dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro`ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne`mat O`akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa`dullayev, o`ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O`zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangtasvir ustasi xalqimiz an`analariga, boy va sermazmun o`tmish tasviriy san`at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o`z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag`rida o`zbekona an`analarni, to`ylarni, beg`ubor o`zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik va do`stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo`shiq” kabi o`nlab asarlar moybo`yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlarni e`tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag`ishlaydiki, undagi go`zallik sirlari odamlarni ezgulikka yetaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko`pgina xorijiy davlatlarda ham ma`lum va mashhurdir.
Bahodir Jalolov ham O`zbekiston xalq rassomi bo`lib, zamonaviy rangtasvir san`ati rivojiga katta hissa qo`shib kelayotgan iste`dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san`at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriyev, YE.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san`at sirlarini o`rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq ko`zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg`ular uyg`unligi tomoshabinni o`ziga mahliyo etib qo`yadi. U portret san`atida ko`p yutuqlarga erishdi. Uning to`laqonli asarlarida o`zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o`z ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o`zgacha talqin etiladi. Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko`plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Mustaqil O`zbekiston tarixiga bag`ishlangan O`zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko`rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e`tiborini o`ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo`lgan o`zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
Haykaltaroshlik san`atining o`lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro`ziboyev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san`ati bilan shug`ullangan D.Ro`ziboyev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San`atkor ijodida shakl va hajmlarning o`ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San`atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to`laqonli o`z ifodasini topgan. D.Ro`ziboyev haykaltaroshlik san`atida katta bir maktabni o`tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san`atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san`atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo`lishimiz mumkin. Ro`ziboyev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo`yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo`jizali qila oladi. San`atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to`ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro`ziboyevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San`atkor ko`tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o`rganib, o`z haykallarida mujassamlashga intiladi. O`aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma`naviyatini tobora to`laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O`zbekiston tasviriy san`ati tarixi - jahon tasviriy san`ati tarixining ajralmas qismidir. O`zbekiston san`ati boy merosga ega. O`ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo`lib qolgan. Dekorativ-amaliy san`atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O`zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o`z obro`-e`tiboriga ega.
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin