Yunesko Ishlari Bo‘Yicha O‘Zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi Faoliyatini Takomillashtirish To‘G‘Risida
YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi a'zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy ob'ektlar kiritilgan BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so'ng, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan bo'lib, 1946 yil 4 noyabr` kuni YUNESKOning Nizomi kuchga kirgan. Xuddi shu sana butun dunyoda YUNESKO tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. YUNESKOning asosiy maqsadi – ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko'maklashishdir. Mazkur xalqaro tashkilot yalpi savodsizlikka qarshi kurashish, maorif tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o'rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda ham katta hissa qo'shib kelmoqda. YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi a'zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy ob'ektlar kiritilgan (2006). YUNESKO doirasida O'zbekistonda ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug'bek (1994) tavalludining 600 yillik, Amir Temur (1996) tavalludining 660 yillik tantanalari keng nishonlangan. Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi, SHahrisabzning 2700 yilligi (2002) munosabati bilan maxsus dasturlar doirasida yirik tadbirlar uyushtirilgan. Imom Buxoriy, Ahmad Farg'oniy, Burxoniddin Marg'inoniy, Imom Motrudiy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband kabi qator siymolarning yirik tavallud sanalari O'zbekistonda YUNESKO shafeligida keng nishonlangan.