Bu yil mamlakatimiz xalqaro maydonda yuksak obro‘ va nufuzga ega bo‘lgan mazkur tashkilotga a’zo bo‘lganiga 29 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston bilan YuNESKO o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, madaniyat sohasida jadal rivojlandi. Xususan, yurtimizning boy madaniy merosini asrab-avaylashda ushbu tashkilot bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.
YuNESKO ko‘magida mamlakatimizda “Sharq taronalari”, baxshichilik san’ati, hunarmandchilik festivallari, Maqom san’ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilayotganligi ham munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
UNESCO — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.
YuNeSKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati:
Ichanqal'a, Xiva, 1990 yil. Buxoroning tarixiy markazi, Buxoro, 1993 yil. Shahrisabzning tarixiy markazi, Shahrisabz, 2000 yil Samarqand, 1993 yil. E’tiboringiz uchun rahmat!!!