8.7-§. VIBRATSIYALAR
Texnikada turlicha mexanizm va mashinalarning mexanik tebranishlarivibratsiya deb nom oldi.Vibratsiya odamga ham ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir odam tanasinivibratsiyalanuvchi obyektga tegib turgan joyi orqali uzatiladi. Bu ta’sir ham xavflihamda zararli bo’lishi va ma’lum bir sharoitda vibratsiya kasalligini keltiribchiqarishi mumkin, foydali tomoni bo’lishi, undan davolash maqsadlarida(vibroterapiya va vibromassajda) foydalanish mumkin.
Vibratsiyaning biologik obyektga ta’sirini bilish uchun to’lqintebranishlarining jismda tarqalish va so‘nishini tasavvur qilish muhimdir. Bumasalani kuzatishda inersion massadan, elastik va qovushqoq elementlardaniborat modellar qollaniladi. Vibratsiyalar eshitiluvchi tovushlar, ultratovushlar va infratovushlarmanbaidir.
6-BOB. TIRIKORGANIZMLARDAELEKTRTOKI
Elektr toki deganda, odatda, elektr zaryadlarining yo‘naltirilgan harakati tushuniladi. U ikkiga bolinadi: o‘tkazuvchanlik toki va konveksion tok. o‘tkazuvchanlik toki — bu o‘tkazuvchi jismlarda zaryadlarning yo‘naltirilgan harakatidir, chunonchi, metallarda elektronlar, yarim o‘tkazuvchilarda ionlar, gazlarda esa ion va elektronlarning yo‘nalgan harakatidir. Konveksion tok — bu zaryadlangan jismlar harakati va elektronlarning yoki boshqa zaryadli zarrachalarning vakumdagi oqimidir.
Toklarning yuqorida keltirilgan sinflari birmuncha shartlidir. Masalan, o‘zgaruvchan elektr maydoni ham tok — uni siljish toki deyiladi. Har bir istalgan tokning hech bo‘lmaganda bitta umumiy xususiyati bor, u ham bo‘lsa tok magnit maydonining manbai hisoblanadi.
Mazkur bobda elektr toki va tok maydonining ba’zi xarakteristikalari, elektrolitlardagi va gazlardagi tok va termoelektrik hodisalari ko‘rib chiqiladi.
6.1-§. TOK ZICHLIGI VA KUCHI
O'tkazgich bo‘yicha musbat elektr zaryadlarining yo‘nalishi harakatining trayektoriyasini tok chiziqlari deb ataymiz, bu chiziqlarning urinmalari esa zaryadning tartiblangan harakat tezligining yo‘nalishini ko‘rsatadi. Odatda tok chiziqlari zaryad tezligiga emas, balki tok zichligiga bog‘liq.
Tok zichligi—elektr tokining vektor xarakteristikasi bo‘lib, son jihatdan tok hosil qiluvchi, zaryadlangan zarrachalar harakatining yo'nalishiga perpendikular bo‘lgan, birlik yuzadan o'tuvchi tok kuchining shu elementar yuzaga nisbatiga teng:
j = dJ / dS .
zarrachalar oqimining zichligi, konsentratsiyasi va yo‘naltirilgan harakat tezligi orasidagi bog‘lanish aniqlangan edi.
J = nv
Agar bu formulani tok tashuvchi zaryadga ko‘paytirsak, u holda tok zichligini olamiz:
j = qJ - qnv (6.1)
Buni vektor ko'rinishda yozsak:
j = qnv (6.2)
j — vektor tok chiziqlariga urinma bo‘ylab yo‘naladi. Tok kuchi uchun quyidagi ifodani yozamiz:
Biror kesim yoki sirt orqali zaryadning vaqt bo‘yicha olingan hosilasi bu tokdir.
I=dq/dt
Dostları ilə paylaş: |