Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə66/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

O`ZGARUVCHAN TOK
Vaqt o`tishi bilan yo`nalishi va qiymati o`zgarib turadigan еlektr tokiga o`zgaruvchan tok deyiladi.
Agar o`zgaruvchan tok zanjiriga kondensator, induktiv g`altak va rezistor (omik qarshilik) ketma-ket ulansa, zanjirning to`la qarshiligi quyidagicha topiladi:
Zanjirdagi omik qarshilik – aktiv qarshilik, sig`im va induktiv qarshilik еsa, reaktiv qarshilik deyiladi
Induktiv qarshilik quyidagicha topiladi:

XL=ωL, bundaω=2πν
Sigim qarshilik quyidagicha topiladi:


XS=1/ωS

6.4-§. ORGANIZM TO‘QIMALARINING TO‘LA QARSHILIGI (IMPEDANSI). REOGRAFIYANING FIZIK ASOSLARI

Organizm to‘qimalari o‘zgarmas tokdan tashqari o‘zgaruvchan tokni ham o‘tkazadi. Organizmda induktiv g‘altakka o‘xshagan sistemalar yo‘q, shuning uchun induktivligi nolga yaqin. Biologik membranalar va demak, butun organizm sig‘im xosssalarga ega, shu tufayli organizm to'qimalarining impedansi faqat Om va sig‘im qarshiliklari bilan belgilanadi. Biologik sistemalarda sig‘im elementlarining mavjudligi tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishdan faza bo‘yicha oldinda bo‘lishi bilan tasdiqlanadi.



6.3-rasm. Organizm to’qimalarining ekvivalent elektrik sxemalari.
Ekvivalent elektr sxemalardan foydalanib, to‘qimalarning Om va sig‘im xossalari modelini yasash mumkin. Ulardan ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz (6.3- rasm). 6.3- a rasmda tasvirlangan sxema uchun impedansining chastota bog‘lanishini L = 0 bo‘lganda quyidagini olish mumkin:
 (6.40)
Grafikdan ko‘rinadiki, ω 0 (Z ) bo'lganda sxema tajriba bilan muhim qarama-qarshilikka ega. Chunki, bunda qarshilik doimiy tokda cheksiz katta (!?) bo‘lib qolmoqda. Bu 6.3-§da keltirilgan qiymatlargaziddir.
Ekvivalent elektr sxema (6.3- b rasm) ω bo'lganda tajribaga to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqatan ham katta chastotada biologik to‘qimalar qarshilikka ega boladi.
Birinchi ikki modelning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ekvivalent elektr sxema eng qulay sxemadir (6.3- rasm) ωXc0 da sxema qarshiligini, qarshiliklarni parallel ulash qoidasidan topish mumkin:

R = R1R2 /(R1 + R2)

Impedansining chastotali bog’lanishi organizm to‘qimalarining hayot qobiliyatini baholashga imkon beradi, buni organ va to‘qimalarni kesib boshqa joyga ulashda (transplantatsiya qilishda)bilish muhimdir. Buni grafikda ko'rsatamiz (6.4- rasm).



6.4- rasm. To’qima impedansining chastotaviy bog’lanishi.
Bunda 1 - egri chiziq sog‘, normal to‘qima uchun, 2- egri chiziq o‘lik — suvda qaynatib o'ldirilgan to‘qima uchun. O‘lik to'qimada membranalar buzilgan bo‘lib, “tirik kondensator” va to‘qima faqat Om qarshilikka ega bo‘ladi. Impedansining chastotaviy bog‘lanishidagi farq sog‘ va kasal to‘qimalarda ham hosil bo‘ladi.
Tok va kuchlanish orasidagi fazalar siljish burchagi to‘qimaning sig‘im xossalari haqida ham ma’lumot berishi mumkin. Organizm to‘qimalarining impedansi ularning fiziologik holatiga ko‘ra ham aniqlanadi. Jumladan, tomir qonga to‘lganda impedans yurak-tomir faoliyatiga ko‘ra o‘zgaradi. Yurak faoliyati jarayonida to‘qimalar impedansi o‘zgarishini qayd qilishga asoslangan diagnostika uslubi reografiya (impedanspletizmografiya) deyiladi.
Bu usul yordamida bosh miya (reoensefalogramma), yurak (reokardio- gramma), magistral tomirlar, o‘pka, jigar va qo‘l-oyoqlarning reogrammalari olinadi. O‘lchash odatda 30 kHz chastotalarda ko‘prik sxemasi bo‘yicha olib boriladi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin