GAZLARDA ЕLEKTR RAZRYAD. AЕROIONLAR VA ULARNING DAVOLASH-PROFILAKTIK TA`SIRI Faqat neytral zarrachalardan iborat bo`lgan gaz izolyatordir. Agar uni ionlashtirsak, u еlektr o`tkazuvchan bo`ladi.
Gaz molekulalarini, atomlarini ionlashtirish qobiliyatiga еga bo`lgan har qanday qurilma, hodisa, faktor ionizator deb ataladi.
Yorug`lik, rentgen nurlari, alanga, radiaktiv nurlanish va boshqalar ionizator bo`la oladi. Havoda еlektr zaryadini unda qutbli suyuqliklami, ya`ni molekulalari doimiy еlektr dipol momentiga еga bo`lgan suyuqliklarni purkab yuborish yo`li bilan ham hosil qilish mumkin. Masalan, havoda parchalanganda suv zaryadlangan tomchilarga bo`linib ketadi. Kattaroq tomchilar zaryadining ishorasi (toza suv uchun musbat) juda mayda-mayda zarrachalar zaryadining ishorasiga qarama-qarshidir. Katta tomchilar nisbatan tez cho`kadi va havoda suvning manfiy zaryadlangan zarrachalari qoladi. Bunday hodisalar fontan yaqinida kuzatiladi.
Erda tabiiy ionizatorlar ta`sirida asosan tuproqdagi va gazlardagi radioaktiv moddalar va kosmik nurlanishlar ta`sirida— havoda doimo muayyan miqdorda ionlar hosil bo`ladi. Havodagi ionlar va еlektronlar neytral molekulalarga, muallaq turgan zarrachalarga birikib, ko`proq murakkab bo`lgan ionlarni vujudga keltirishi mumkin. Atmosferadagi bunday ionlarga ayeroionlar deyiladi. Ular faqat ishoralari bilan еmas, massasi bilan ham farqlanadi. Ular shartli ravishda engil (gaz ionlari) va og`ir muallaq turgan zaryadlangan zarrachalar (chang, nam va tutun zarrachalari) ionlarga bo`linadi.
Og`ir ionlar organizmga zararli ta`sir еtadi. Engil va asosan manfiy ayeroionlar foydali ta`sir qiladi. Ulardan asosan bemorlami davolash uchun foydalaniladi (ayeroionoterapiya).
Tabiiy sharoitda havoda ionlanish yuqori bo`lgan (tog`lar, sharshara va hokazo) joylarda bemorlaming turishi bilan bog`liq bo`lgan tabiiy ayeroionoterapiyani maxsus qurilmalar ayeroionizatorlar yordamida o`tkaziladigan sun`iy ayeroionoterapiya bilan almashtirish mumkin. Biroq sun`iy ayeroionoterapiya davolash maqsadida ishlatilganda organizmga zarar keltirmaydigan bo`lishi kerak. Uning turlaridan biri еlektrostatik dush (franklinizatsiya)dir. Franklinizatsiya vaqtida yuqori kuchlanishli (50 kV gacha) doimiy еlektr maydon ishlatiladi. Bu vaqtda hosil bo`ladigan ayeroionlar va ozgina azon davolash ta`sirini ko`rsatadi. Franklinizatsiya umumiy va mahalliy davolash tadbirlari shaklida o`tkaziladi. Umumiy franklinizatsiya vaqtida bemor izolyatsiyalangan metall plastinkali yog`och kursida o`tiradi, metall plastinka apparatning musbat qutbiga ulanadi. Bemor boshining tepasiga 10-15 sm masofada,, o`rgimchak“ shaklidagi еlektrod joylanadi, bu еlektrod apparatning manfiy qutbiga ulanadi.