MAVZU: Svetofor turlari, ishoralari
REJA:
1. Svetofor turlari
2 .Svetofor turlari, ishoralari.
3 .Svetaforlar va tartibga soluvchining ishoralari.
Svetaforlar va tartibga soluvchining ishoralari. Svetaforlarda yashil, sariq, qizil va rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi.
Svetafor ishoralari vazifasiga bog'liq ravishda doirasimon, yo'naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Svetoforning doiralari ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
Yashil ishora harakatlanish ruxsat beradi; miltilovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugashi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi axborot beradi;
Yashil ishora o'chishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolgaligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo'llnishi mumkin;
Sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat qoidalarning 8.13 bandida ko'zda tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
Miltillovchi sariq ishora harakatlanishiga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar borligidan ogohlantiradi;
Qizil ishora, shuningdek, miltilovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
Qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.
Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq, yashil rangli svetoforishoralari ham doia shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.
Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi.
Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yo'naltirgich (yo'naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo'lsa, u haydovchilarga svetoforning qo'shimcha tramog'i borligi haqida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yo'naltirgichlaryo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko'rsatadi.
Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko'rinishida bo'ldsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta'sir ko'rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi. Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan bo'laklaida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo'lak ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi.
Ikki tomoni 1.9 chizig'i bilan belgilangan bo'lak ustiga o'rnatilgan ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu bo'lakka kirishni taqiqlaydi.
Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo'nalishli boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo'lakada tartibga solish uchun T-harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi nbir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng tomonga burilishga, o'rtasidagi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
Temir yo'l kesishmalarida o'rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishga ruxsat beradi. Ko'rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) bo'lmasa, o'chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarida ham harakatlanishiga ruxsat beradi.
Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
Dostları ilə paylaş: |