6-variant.
1 – topshiriq. Berilgan savollarga javob tayyorlang.
Neytral, yutuvchi va simmetrik elementlar.
Binar operatsiyalarining ba’zi elementlari.
Neytral element. Butun sonlar to‘plami da berilgan ixtiyoriy songa 0 sonini qo‘shish, ixtiyoriy sonni 1 soniga ko‘paytirish bilan natija o‘zgarmasligi bizga ma’lum.
10-ta’rif. A to‘plamda berilgan * algebraik operatsiyaga nisbatan a,eA elementlar uchun a*e=e*a=a tenglik o‘rinli bo‘lsa, shu to‘plamning e elementi neytral element deyiladi.
Teorema. Berilgan A to‘plamda faqat bitta neytral element mavjud bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, A to‘plamda e dan tashqari e1 ham neytral element bo‘lsin, u holda aA uchun e1*a=a*e1=a bajarilishi kerak. e1*e=e*e1=e, shu bilan birga e*e1=e1*e=e1. Bu tengliklar bajarilishidan e=e1 ekani kelib chiqadi.
Har qanday to‘plam ham neytral elementga ega bo‘lavermaydi. Natural sonlar to‘plamida qo‘shishga nisbatan neytral element mavjud emas, chunki a+e=a tenglikni o‘rinli qiladigan e soni N da mavjud emas.
Nomanfiy butun sonlar to‘plamida a+0=a; a·1=a tengliklar o‘rinli bo’lgani uchun, qo‘shish amaliga nisbatan 0 soni, ko‘paytirish amaliga nisbatan 1 soni neytral element hisoblanadi.
Agar A to‘plamda * amaliga nisbatan neytral e element mavjud bo‘lsa, * algebraik operatsiya bilan berilgan har qanday ifodada neytral e elementni * algebraik operatsiya bilan birgalikda tashlab yuborish mumkin bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |