Bilim sohasi


-rasm. Yig’uvchi linza 7.5-rasm



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə71/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

7.4-rasm. Yig’uvchi linza


7.5-rasm. Sochuvchi linza

O`rtalarichekkalariganisbataningichkabo`lganlinzalarbotiqlinzalardebataladi (7.5-arasm – ikkitomonlamabotiq, 7.5-b rasm – yassi-botiq, 7.5-v rasm – qavariq-botiq linzalar, 7.5-g rasm – ularning chizmalardagi simvoli ko`rsatilgan).



7.6-rasm.
SferiksirtlariningS1vaS2markazlariorqalio`tganMM1to`g`richiziqlinzaningboshoptiko`qideyiladi. (7.6 a-rasm). Biz faqat O1O2 qalinliklari linzani hosil qilgan sferik sirtlarning R1 va R2еgrilik radiuslariga nisbatan nazarga olmasa bo`ladigan darajada kichik bo`lgan yupqa linzalarni ko`rib chiqamiz. Linza juda yupqa bo`lganligi uchun ikkita S1 va S2sfera segment uchlari, ya`ni linza sirtlarini O1 va O2 uchlari O nuqtada birlashgandek tuyuladi. Bu O nuqta linzaning optik markazi deb ataladi.
Linzani optik markazi orqali burchak ostida o`tuvchi har qanday chiziq linzaning qo`shimcha optik o`qi deyiladi. Linzani ko`plab prizmalarning yig`indisi deb tasavvur qilish mumkin (7.6 b-rasm). Bunda nurlarning qavariq linza optik o`qqa tomon, botiq linza еsa optik o`qdan og`dirilishi ko`rinib turibdi. Qavariqlinzalar o`ziga tushayotgan parallel nurlar dastasini yig`ib beradi. Shuning uchun bunday linzalar yig`uvchi linzalar deb ataladi. Botiq linzalar еsa o`ziga tushayotgan nurlikni har tomonga tarqatib yuboradi. Shuning uchun ularni tarqatuvchi yoki sochuvchi linzalar deb ataladi.
7.7-rasm. Linzad tasvir hosil qiluvchi o’qlar
Optik o`qda yotgan biror A nuqtadan bu o`qqa kichik  burchak ostida chiquvchi nurlarni linza yana optik o`qda yotgan A1 nuqtaga to`playdi, bu A1nuqta A nuqtaning tasviri deb ataladi (7.7-rasm).


AK nur yo`lini ko`rib chiqamiz. Linza sirtlarida olingan K va N nuqtalarga (ya`ni, AK nurining linzaga tushishi va undan chiqish joylarida) DB va VE urinma tekisliklar o`tkazamiz va bu nuqtalarga linzaning R1 va R2 еgrilik radiuslarini o`tkazamiz. Bunda AKNA1 nurni, sindirish burchagi  bo`lgan yupqa prizmada singan nur deb qarash mumkin. , , 1, 2 burchaklarning kichikligi va linza yupqa bo`lganligi sababli quyidagi taxminiy tengliklarni yozish mumkin.

(7.6)
AKP dan tg


A1NL dan tg
S2NL dan tg
C2KP dan tg
bu erda h1 - nurning linzaga tushishi nuqtasi (K) ning optik o`qdan balandligi, h2 - nurning linzadan chiqish nuqtasi (N) ning optik o`qdan balandligi, d va f mos ravishda yorug`lik manbai (A) va uning tasviri (A1) dan linzaning optik markazigacha bo`lgan masofalar. Uchburchakning tashqi burchagi o`ziga qo`shni bo`lmagan ikki ichki burchaklarning yig`indisiga teng еkanligiga asoslanib, ANA4 va S1MS2 uchburchaklardan:

va (7.7)


deb yozish mumkin. Biroq, prizma uchun formula o`rinli еdi, bu erda n linzaning sindirish ko`rsatkichi. Shuning uchun (7.6) va (7.7) formulalarga asoslanib quyidagi formulaga еga bo`lamiz:

(7.8)
Bu (7.8) munosabat linza formulasi deb ataladi.


Еndi linzalar o`qidan o`tuvchi yorug`likka qanday yo`nalish berishini ko`raylik.
Agar yig`uvchi linza orqali uning bosh optik o`qiga parallel yo`nalgan nurlar o`tkazsak, bu nurlar optiq o`q ustida yotgan bir nuqtada kesishini ko`ramiz (7.8 a-rasm). Ana shu yig`uvchi nuqta linzaning boshfokusideyiladi. Sochuvchi linzadan o`tgan nurlarni teskari tomonga davomi optik o`qda yotgan bir nuqtada uchrashadi (7.8 b-rasm). Ana shu nuqta linzaning mavhum fokusi deyiladi.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin