7.4-§. KO‘ZNING OPTIK SISTEMASI VA UNING BA‘ZIXUSUSIYATLARI
Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi.
Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir
Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi.
Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi.
Ba'zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir.
Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi.
Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370C da maksimal nurlanish 9-10 mkm to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm2 hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir.
Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab olamiz. Ko‘z kosasi asli ko‘zning o‘zi bo‘lib (7.13- rasm), u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan shar shaklidadir; katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm, vertikal olchovi — 23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning devorlari konsentrik joylashgan uchta— tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat. Tashqi oqsil qobiq — sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq 2-muguz pardaga aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin, atrofida to 1 mm gacha bo‘ladi. Optik xossalari bo‘yicha muguz parda – ko‘zning eng kuchli sindiruvchi qismidir. U go‘yo ko‘zga yoruglik nurlari kiradigan derazadir. Muguz pardaning egrilik radiusi 7-8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38 ga teng. Muguz pardaning tashqi qoplami ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktiv 3 ga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |