7.14-rasm. Ko’zning fokuslar, bosh nuqtalar, tekisliklar va tugun nuqtalari
Soddalashtirish maqsadida ko’pincha bu sistemani keltirilgan reduksiyalangan ko’z bilan, ya’ni buyumlar fazasi tomonidan sindirish ko’rsatkichi h = 1,336 ga teng suyuqlik bilan o‘ralgan linza bilan almashtiriladi. Keltirilgan ko‘z moddalarining birida yagona bosh tekislik muguz pardaning oldinig sirtidan 1,6 mm masofada turadi, tugun nuqtalar mos kelgan bo’lib, muguz parda sirtidan 7,2 mm masofada joylashgandir.
Yorugiikning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi chegarasida yuz beradi, butun muguz pardaning optik kuchi taxminan 40 dioptriyaga, gavharniki taxminan 20 dioptriyaga, butun ko‘zniki esa 60 dioptriyaga yaqin.
Turli uzoqlikdagi jismlar to‘rpardada bir xil ravshanlikdagi tasvir berishi kerak. Buni amalga oshirish uchun (26.5) formuladan ma’lum bo‘lishicha yo bosh tekislik bilan to‘r parda orasidagi masofa a2 ni fotoapparatlarda qilinadiganga o‘xshash o‘zgartirish kerak, yoki gavhar egriligini, demak, f1 va f2 fokus masofalarini o‘zgartirish kerak. Odam ko‘zida ikkinchi hol amalga oshiriladi. Ko‘zning bunday har xil uzoqlikda joylashgan jismlami ravshan ko‘rishga moslasha olishiga – “keskinlikka to‘g‘rilanishiga“ — akkomodatsiya deyiladi.
Jism cheksizlikda joylashgan bo'lsa, uning normal ko‘zdagi tasviri to‘r pardada bo'ladi. Bu vaqtda gavhar cheksizlikka akkomodatsiyalanadi va uning optik kuchi minimal bo‘ladi. Jism ko'zga yaqinlashadigan bo‘lsa, u holda gavharning egriligi kattallashadi, jism qancha yaqin bo'lsa, ko'zning optik kuchi shuncha katta bo‘ladi, uning o ‘zgarishlari taxminan 60—0 dptr chegarasida bo‘ladi.
Sog’lom katta odamda jism ko‘zga 25 sm masofagacha yaqinlashgan vaqtda akkomodatsiya kuchlanishsiz ro ‘y beradi va qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga o'rganilib qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p, ayniqsa shu masofaga akkomodatsiyalanadi, shuning uchun bu masofaga eng yaxshi ko‘rish masofasi deyiladi.
Undan ham yaqin turgan buyumlarni ko‘rish uchun akkomodatsion apparatni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi. To‘r pardada tasvirning ravshan ko'rinishini hali ta’minlay oladigan ko‘z bilan buyum ko‘zning yaqin nuqtasi (aniq ko'rishning yaqin nuqtasi) deyiladi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘zning yaqin nuqtasigacha bo‘lgan masofa kattalashadi, demak, akkomodatsiya kamayadi.
To‘r pardadagi tasvirning kattaligi faqat buyum kattaligiga bog‘liq bo‘lmay, uning ko‘zdan uzoqligiga ham, ya’ni jismning ko‘rinishi burchagiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra ko‘rish burchagi tushunchasi kiritiladi. Bu buyumning chetki nuqtalaridan chiqib mos tugun nuqtalaridan o‘tuvchi nurlar orasidagi burchakdir (7.15-rasm). Rasmdan ko‘rinishicha, birinchidan har xil KM va QP buyumlar bir xil ko‘rish burchagi ga ega bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, ko‘rish burchagi to‘r pardadagi tasvir kattaligini to‘la ravishda aniqlay oladi.