7.5-§.KO‘Z OPTIK SISTEMASIDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF QILISH
Ko‘zning optik sistemasiga ba’zi kamchiliklar xosdir. Akkomodatsiya yo‘qligida normal ko‘zning orqa fokusi to‘r pardaga to‘g‘ri keladi, bunday ko‘zga emmetropik ko‘z deyiladi va bu shart bajarilmaydigan hollarda ametropik ko‘z deyiladi.
Ametropiyaning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari yaqindan ko‘rish (miopiya) va uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya) hisoblanadi.Bunga ko'z soqqasining shakli, ko'zning shoh pardasi yoki ko'z gavharining egriligi normal bo'lmasligi sabab bo'ladi.
Yaqindan ko'radigan (miopiya)odamning ko'z soqqasi cho'ziqroq shaklda bo'ladi (7.16-rasm). Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko'zning to'r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko'rinmaydi. Bu holat ko'z gavharining do'ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Miopiya holati tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Yaqindan ko‘ruvchi ko‘zni korrektsiyalash (tuzatish) uchun sochuvchi linza ishlatiladi(7.20a-rasm).
7.16-rasm.Yaqindan ko‘rish(miopiya)da normal ko’rishga nisbatan tasvirni xiralashuvi
Uzoqdan ko'rish (gipermetropiya)asosan tug'ma bo'ladi. Bunday odamlarda ko'z soqqasi qisqaroq bo'ladi. Bunda yaqindagi buyumlarning tasviri ko'z to'r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi. Uzoqdan ko'rishning ikkinchi sababi ko'z gavhari do'ngligining kamayishidir. Bu ko'pincha keksalarda hayoti mobaynida sodir bo'ladi. Uzoqdan ko‘ruvchi ko‘zni tuzatish uchun yig‘uvchi linza ishlatiladi(7.20b-rasm).
7.17-rasm. Uzoqdan ko’radigan ko’zda tasvirning hosil bo’lishi Astigmatizm – nuqtaviy bo‘lmagan, buyumning bitta nuqtasiga tasvirning bir nechta nuqtalari to‘g‘ri keladi. Bu optik sistemannig shunday kamchiligiki, unda sferik yorug’lik to’lqini optik sistemadan o‘ta turib, deformatsiyalanadi va sferikligini yo‘qotadi (7.18-rasm).
a) b)