Bilim sohasi


-§. YORUG’LIK DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə82/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

7.7-§. YORUG’LIK DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA

Parallel nurlar dastasining tor tirqishda yoki tirqishlar sistemasida kuzatiladigan difraktsion manzaralar amaliy ahamiyatga еgadir. Avvalo, bir tirqishdan bo`ladigan difraktsiyani ko`rib o`taylik. Faraz qilaylik, tor tirqishli noshaffof E to`siqqa parallel monoxromatik nurlar dastasi tushayotgan bo`lsin (7.21-rasm).



7.21-rasm. Difraksion panjaradan nurning sxematik o’tish yo’li. Bunda a-tirqish uzunligi, b-to’siq uzunligi.
Bunda “b” uzuntortirqishningkengligi (b=VS), LmasofaEto`siqdandifraktsionmanzarakuzatilayotgan “Э” еkrangachabo`lganmasofa. E va Эеkranlar oraligiga L yig`uvchi linza joylashtirilgan. Tirqishdan dastlabki yo`nalishda o`tayotgan barcha nurlar еkranning Fo nuqtasida yig`iladi. Bu nuqtaga kelayotgan barcha nurlar orasidagi yo`l farqi nolga teng bo`ladi. Shuning uchun ham Fo nuqtada ravshanyoritilgan bosh maksimum kuzatiladi. Bosh maksimumda =0 bo`lgani uchun ham bu nolinchi tartibli bosh maksimum deyiladi.
Yorug`likning difraktsiyasi tufayli tirqishdan o`tgan nurlarni dastlabki yo`nalishga nisbatan burchakka og`adilar va bu difraktsiya burchagi deyiladi. Bu nurlar еkranning Fnuqtasida yig`iladi. Xuddi shu kabi еkranning o`ng tomonida ham simmetrik holatda difraktsion manzarani ko`rish mumkin. Nurlar faqat burchakka еmas yana 12 burchaklargaham og`ishi mumkin. Shu nurlarga mos Ееkranda difraktsion manzaralarni kuzatamiz (7.22 b-rasm). Bunda difraktsiya minimumi formulasi quyidagidan iborat:

(7.28)
Bu difraktsion minimum sharti ham deyiladi. Bunda m=1, 2, 3. . . qiymatlar olib, uni difraktsiya tartibi deyiladi.


Agar tor tirqish parallel oq nurlar bilan yoritilayotgan bo`lsa, еkrandagi, difraktsion manzara kamalak rangga bo`yalgan bo`ladi.
Difraktsiya manzarasining ravshanligini oshirish maqsadida ikki va undan ortiq tirqishli еkrandan yoki ajoyib optik asbob – difraktsion panjaradan foydalanamiz. Bir-biriga yaqin joylashgan juda ko`p tizimi parallel tirqishlar yoki to`siqlar difraktsion panjara deyiladi (7.22 a-rasm). Difraktsion panjara shisha plastinkaga parallel shtrixlar (tirqishlar) tortuvchi maxsus bo`lish mashinasi yordamida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan panjaralar shaffof panjaralar deyiladi.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin