8-BOB. RADIOAKTIVLIK.IONLANTIRUVCHINURLANISHNINGORGANIZMGATA'SIRI.
8.1-§.RADIOAKTIVLIK
Turg`un bo`lmagan yadrolarning boshqa yadrolar yoki еlementar zarrachalar chiqarish bilan kechadigan o`z-o`zidan parchalanishiga radioaktivlik deyiladi. Bu jarayonning boshqa yadroviy o`zgarishlardan farq qildirib turuvchi xarakterli xususiyati uning o`z-o`zidan sodir bo`lishi (spontanligi)dir.
Radioaktivlik tabiiy va sun`iy bo`lishi mumkin.
Tabiiy radioaktivlik tabiiy sharoitlarda mavjud bo`lgan noturg`un yadrolarda uchraydi. Sun`iy radioaktivlik deb turli yadroviy reaktsiyalar natijasida hosil bo`ladigan yadrolaring radioaktivligiga aytiladi. Tabiiy va sun`iy radioaktivliklar orasida katta farq yo`q, ular umumiy qonuniyatlarga bo`ysunadilar.
Alfa-parchalanish yadroning α -zarracha chiqarib o`z-o`zidan emirilishidir. Siljish qoidasini hisobga olib alfa-parchalanish sxemasini quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
Beta parchalanish yadro ichida neytron va protonning o`zaro aylanishidan iborat. Beta parchalanish 3 turga bo`linadi:
1. Еlektron yoki β- parchalanish, yadrodan β- -zarracha (еlektron) uchib chiqishida namoyon bo`ladi.
2. Pozitron β+ parchalanishpozitron yoki parchalanish. β+parchalanishning sxemasi:
3. Еlektron yoki e-tutilish. Radioaktivlikning bu turi yadro atomning ichki еlektronlaridan birini tutib olib, buning natijasida yadroning protoni neytronga aylanishidan iboratdir:
8.2-§. RADIOAKTIV NURLANISHNING KIMYOVIY TA’SIRI.
Yadroviy nurlanish moddadan o'tayotganida unda turli kimyoviy o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Nurlanish molekula yoki atomlarni ionlashi, uyg'otishi, dissotsiatsiyalashi mumkin. Bunda birlamchi nurlanish zarralari qanday turda (rentgen va γ-nuriar, elektronlar, α-zarralar, protonlar, tez neytronlar) bo'lganda ham, molekulalarning kimyoviy o'zgarishiga ularning ikkilamchi (nurlanish ta'sirida yuzaga kelgan) elektronlar, bo'linish parchalari, tepki yadrolar, γ-kvantlar kabilar bilan o'zaro ta'sirlashishi sabab bo'ladi. Bunday o'zaro ta’sirning mahsulotlari: ionlar, erkin radikallar, uyg'ongan zarralar, odatda, boshqa molekulalar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Natijada moddaning kimyoviy tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari o'zgarishi mumkin. Masalan, nurlanish ta'sirida polimerlar xossalari ularda ro'y beradigan radiatsion-kimyoviy reaksiyalar tufayli o'zgaradi. Yadroviy nurlanish polimer molekulalarining tuzilishini o'zgartiruvchi bir qator kimyoviy reaksiyalarni, xususan, molekulalar orasida kimyoviy bog'lanishlar (birikish) (2.1- a, b, rasm), molekulalarning uzilishi (destruksiya) (9.1- d, rasm) (rasmda molekulaning boshlang'ich va oxirgi holatlari tasvirlangan), har qanday qo'sh bog'lanishlarning hosil bo'lishi va yo'qolishi, gazsimon mahsulotlar (vodorod va boshqalar)ning ajralishi va shu kabilarni yuzaga keltiradiki, bu, o'z navbatida, polimerlarning fizik xossalarining o'zgarishiga olib keladi. Masalan, polietilen, tabiiy kauchuk, neylon kabi bir guruh polimerlar γ-nurlar bilan nurlantirilganda ularning uzilishga mustahkamligi va temperaturaga chidamliligi, materialning qattiqligi ortadi, eruvchanligi o'zgaradi. Boshqa bir guruh polimerlar, masalan, teflon, sellyuloza, butil-kauchuk kabilar borki, nurlantirish oqibatida ularning xossalari yomonlashadi: tolalarning uzilish uzunligi hamda o'rtacha uzunligi qisqaradi, yopishqoqligi kamayadi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |