Qutblagichlar, analizatorlar, kompensatorlar.Ba'zi bir kristallarda, hususan turmalinda, oddiy va g‘ayrioddiy to‘lqinlarning yutish koeffitsientlari keskin farq qiladilar. Bu esa kristall plastinkaning qalinligi 1 mm atrofida bo‘lganda to‘lqinlarning bittasining to‘liq yutilishiga, ikkinchisining esa, chiziqli qutblangan, to‘lqinning chiqishiga olib keladi. Shunday qilib, turmalin plastinkasi ixtiyoriy qutblanishli yorug‘likdan yassi qutblangan komponentini ajratadi, ya'ni yorug‘lik qutblagichi singari ishlaydi. Keskin anizotropik yutilishga ega bo‘lgan polimer moddiylar (masalan, yod bilan to‘ydirilgan polivinil spirt) mavjud va ular polyaroidlarda yorug‘lik dastasidan berilgan yo‘nalishda qutblanishning yassi qutblangan komponentini ajratuvchi qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Oddiy va g‘ayrioddiy to‘lqinlar uchun anizotrop kristalldagi sindirish ko‘rsatkichlari orasida farqni, to‘la ichki qaytish effekti hisobiga, bu to‘lqinlarni bo‘lish uchun ishlatish mumkin, bunda ham yassi qutblangan yorug‘lik olinadi. Bu prinsipga ko‘plab har xil qutblanish prizmalari (Glan prizmasi, Nikol prizmasi va shunga o‘xshashlar) ishi asoslangan.
Qutblagichni ishlata turib yassi qutblangan yorug‘lik to‘lqinining yo‘nalishini aniqlash va chiziqli qutblanish faktini tasdiqlash mumkin. Buning uchun qutblagichni yorug‘lik dastasi o‘qiga nisbatan aylantiradilar va o‘tgan yorug‘likning intensivligining o‘zgarishlarini kuzatadilar. Agarda qutblagichning qandaydir bir holatida yorug‘lik to‘liq u bilan tutilsa, boshlang‘ich yorug‘lik dastasi yassi qutblangan bo‘ladi. Bunda qutblanish yo‘nalishi berilgan holatga qutblagich o‘tkazish (o‘qi) yo‘nalishiga ortogonaldir. Bunga o‘xshash eksperimentlarda qutblagich analizator funksiyasini bajaradi. Oddiy to‘lqin "o", g‘ayrioddiy to‘lqinlar "e" harfi bilan belgilanadi.
8.11-§. BIOLOGIK TO‘QIMALARNI QUTBLANGAN YORUG‘LIKDA TEKSHIRISH
S
7.30-rasm. Qutblangan yorug’likdan suyak to’qimasining ko’rinishi haffof biologik obyektlami mikroskop orqali qaraganda turli strukturalamiajratish qiyin, shuninguchun ba’zi maxsus metodikalami tatbiq etishga, jumladan,qutblovchi mikroskopiyadan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Qutblovchi mikroskop oddiy biologik mikroskopga o'xshash, lekin uningkondensori oldida qutblagich va tubusdagi obyektiv bilan okulyar orasidaanalizator qo‘yilgan bo‘ladi. Predmet stolchasi mikroskopning optik o‘qi atrofidaaylana oladi. Shunday qilib, obyektni qutblangan nurlar bilan yoritib, analizatororqali ko‘riladi.
Agar polyarizator va analizatorni krest qilib qo‘yilsa, ko‘rish maydoniqorong‘i bo‘ladi, predmet stolchasiga izotrop shaffof jismlar qo‘yilganda hamshunday bo‘ladi. Anizotrop buyumlar qutblangan yorug‘lik tebranishlaritekisligining yo‘nalishiga ko‘rsatadiganta’siriga mos ravishda ko‘rish maydoninio‘zgartiradi.
Qator (muskul, suyak, nerv)to‘qimalar optik anizotropiyaga egabo‘lgani uchun biologik obyektlarniqutblovchi mikroskopiya orqali ko‘rishmumkin. Qutblagich va analizator krest qilib qo‘yilganda anizotropiyasiqutblangan yorug‘likni o‘zgartiradigantolalargina ko‘rinadi.
Qutblangan yorug‘likdan suyakto‘qimalarida vujudga keluvchi mexanikkuchlanishlarn modellangan sharoitlardabaholash uchun ishlatish mumkin. Buusul fotoelastiklik hodisasiga asoslanganbo‘lib, u mexanik yuklanish ta’siri ostidadastlab izotop bo‘lgan qattiq jismlardaoptik anizatropiya paydo bo‘lishidaniborat.
Shaffof izotrop materialdan, masalan,pleksiglasdan suyakning yassimodeli yasaladi. Ayqash polaroidlarda bumodel ko‘rinmaydi, chunki u qoramtirbo‘lib qoladi. Yuklanish berib, pleksiglasda anizotrop hodisa vujudga keltiriladi, bu holni paydo bo‘lgan yo‘lyo‘l va dog‘larning o‘ziga xosmanzarasiga qarab payqash mumkin(7.30-rasm). Bu manzara bo‘yicha, shuningdek, yuklanishni oshirganda yokikamaytirganda uning o‘zgarishiga qarab modelda, shuningdek, asl nusxada hamvujudga keluvchi mexanik kuchlanishlar haqida xulosa chiqarish mumkin.