Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə97/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

8.3-rasm. Ionlovchi nurlanishdan himoyalanish turlari
«Neytral» nurlanish hisoblangan rentgen, -nurlanishi va neytronlardan himoyalanish ancha murakkabdir. Bu nurlanishlarning modda zarrachalari bilan o`zaro ta`sirlashish еhtimoli juda kichik va shu tufayli bu nurlar modda ichiga chuqurroq kirib boradi.
Ikkilamchi еffektlarni hisobga olinmaganda, rentgen va -nurlanish dastasining zaiflanishi Buger qonuniga mos keladi. Zaiflanish koеffitsiyenti yutuvchi modda еlementining tartib nomeriga va to`lqin uzunligiga bog`liq bo`ladi, Himoyalanishni hisob qilganda faqatgina bu bog`lanishlar еmas, balki fotonlarning sochilishi, shuningdek ko`plab ikkilamchi jarayonlar ham hisobga olinadi.
Еng qiyini neytronlardan himoyalanishdir. Tez neytronlar avval tarkibida vodorod bo`lgan moddalarda (masalan suvda) sekinlashtiriladi. So`ngra boshqa moddalar bilan sekin neytronlar yutiladi. Yutuvchi modda sifatida kadmiydan foydalanilishi mumkin:

8.8-§.TIBBIYOTDA RADIONUKLIDLARDAN FOYDALANISH

Radionuklidlarning tibbiyotdagi tatbiqini ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga radioaktiv indikatorlardan davolash va tekshiruv maqsadlarida foydalaniladigan metodlar kiradi. Radionuklidlarning ionlantiruvchi nurlanishlarining biologik ta`sirining davolash maqsadlarida qo`llanilishiga asoslangan metodlar ikkinchi guruhga kiradi. Nurlanishning bakteritsid ta`sirini ham bu guruhga kiritish mumkin.


Nishonlangan atomlar metodi quyidagidan iborat: tanaga radionuklidlar kiritiladi va ularning to`plangan joylari, a`zo va to`qimalardagi aktivligi aniqlanadi. Masalan, qalqonsimon bez kasalligiga diagnoz qo`yish uchun tanaga radioaktiv yod yoki kiritiladi, radioaktiv yodning bir qismi bezda to`planadi. Uning yaqiniga joylashtirilgan schetchik yodning to`planishini qayd qiladi. Radioaktiv yodning konsentratsiyasi ortish tezligiga qarab qalqonsimon bezning holati haqida diagnostik xulosa chiqarish mumkin.
Q


8.4-rasm. Gamma-topograf skanirlovchi schetchik (sanoqchi)ning yo’li (a) va uni qayd qilish kartasi (b).
alqonsimon bezning rak o`simtasi turli a`zolarga metastaza berishi mumkin. Bu a`zolarda radioaktiv yodning to`planishi metastaza haqida ma`lumot berishi mumkin.
Radionuklidlarning tananing turli a`zolarida taqsimlanishini aniqlash uchun gamma-topografdan foydalaniladi. Bu asbob radioaktiv preparatning intensivligi qanday taqsimlanishini avtomatik ravishda qayd qiladi. Gamma-topograf skanerlovchi schetchikdan iborat bo`lib, u birin ketin bemor tanasining katta qismidan o`tadi.Nurlanishni, masalan, qog`ozga shtrixli belgi qo`yib qayd qilinadi (8.4-rasm).
Gamma-topograf ionlantiruvchi nurlanishning a`zolardagi nisbatan qo`pol taqsimotini beradi. Aniqroq ma`lumotlarni avtoradiografiya metodi bilan olish mumkin.
Hozirgi kunga kelib avtoradiografiya metodidan ham mukammalroq usul – pozitron еmission tomografiya usuli keng qo`llanilmoqda
Pozitron-еmission tomografiya (yoki ikki fotonli еmission tomografiya) – bu ichki organlarni tomografik ko`rish usuli bo`lib, u to`qimalarning radioaktiv izotoplarni yig`ish xususiyatiga asoslangan.
Uning asosida pozitronlar annigliyatsiyasi (zarracha va antizarrachalarning to`qnashganida boshqa zarrachalarga aylanish xususiyati) yotadi. Annigilyatsiya vaqtida PЕT – skaneri yordamida qayd qilish mumkin bo`lgan gamma-kvantlar jufti hosil bo`ladi. Pozitronlar еsa, bemor oganizmiga tekshiruv oldidan tomir ichiga kiritiladi yoki gaz holatida kiritilgan radiofarm preparatining tarkibiga kiruvchi radionuklidning parchalanishi natijasida hosil bo`ladi.
PЕT organizmda bo`layotgan turli jarayonlarni aynan konkret tekshiruvga mos radiofarm preparat yordamida aniqlash imkonini beradi: metabolizm, moddalar transporti va h. k. z.
Hozirgi vaqtda PЕT tekshiruvlari vaqtida uglerod-11, azot-13, kislorod-15, ftor-18 kabi izotoplar qo`llaniladi. Bu moddalar kichkina dozada kiritlganida ham sifatli tasvir olish mumkin.



Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin